IJODIY TA’TILLAR
Mehnat faoliyatini yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan shaxslarga asosiy ish joyida o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda Mehnat Kodeksiga muvofiq, quyidagi muddatlarga ijodiy ta’tillar berilishi belgilangan: falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasini olishga doir dissertatsiyani yakunlash uchun hamda darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar qo‘lyozmalarining mualliflariga — 3 oygacha, fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasini olishga doir doktorlik dissertatsiyani yakunlash uchun — 6 oygacha.
Mualliflar jamoalari tomonidan darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini yozish chog‘ida mualliflar jamoasi a’zolaridan biriga mualliflar guruhining barcha a’zolari imzolagan yozma arizaga muvofiq ijodiy ta’til beriladi. Ilmiy daraja olishga da’vogarlarga, shuningdek darsliklarning yoki o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarining mualliflariga navbatdagi yillik mehnat ta’tillari ular ijodiy ta’tillardan foydalanganligidan qat’i nazar beriladi.
Ijodiy ta’tillar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
TO‘LIQSIZ ISH VAQTI TUSHUNCHASI VA TURLARI
personmaftuna 12-12-24, 03:54Ish vaqti tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasida belgilab qo‘yilgan. Ish vaqti — xodim...
TUG‘ILISHNI QAYD ETISH UCHUN TAQDIM QILINADIGAN HUJJATLAR
personmaftuna 25-08-25, 02:10O ‘ zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 206-moddasiga asosan , b olaning tug‘ilishi uning tug‘ilganligi haqidagi...
ЭТИЛ СПИРТИ ВА АЛКОГОЛЬ МАҲСУЛОТЛАРИНИ ИШЛАБ ЧИҚАРИШ
personmaftuna 17-03-25, 10:59Ҳукумат қарори (45-сон, 29.01.2025 й.) билан “Истеъмол ва техник этил спирти, алкоголь маҳсулотларини ишлаб чиқариш,...