ISHSIZLIKKA QARSHI KURASHISH
Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish huquqiga, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.
Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi. Davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligi va qayta tayyorlanishini tashkil etadi hamda rag‘batlantiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 44-moddasida Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. Bolalar mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, ahloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanishi belgilangan.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
OʻQ OTAR QUROLNI IХTIYORIY TOPSHIRGANLARGA MUKOFOT PULI
personmaftuna 19-05-25, 01:58Vazirlar Mahkamasining 25.03.2025-yildagi 179-son qarori bilan «Roʻy х atga olinmagan oʻqotar qurol va uning...
BIR QATOR QONUNLARGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILDI
personmaftuna 26-12-24, 15:18O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 10.10.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun...
. SHTATIGA QISQARTIRISH KELGAN HODIM MUDDATIDAN AVVAL
personmaftuna 30-09-24, 12:10“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi qonunning 14-moddasiga ko‘ra texnologiyadagi, ishlab chiqarish...