Kuzatuvchi » Siyosiy » MA’MURIY ISLOHOTLAR DOIRASIDA ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARINING MAS’ULIYATINI YANADA OSHIRISH HAMDA IXCHAM BOSHQARUV TIZIMINI SHAKLLANTIRISH TO‘G‘RISIDA

MA’MURIY ISLOHOTLAR DOIRASIDA ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARINING MAS’ULIYATINI YANADA OSHIRISH HAMDA IXCHAM BOSHQARUV TIZIMINI SHAKLLANTIRISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida PF-80-son farmoniga asosan,  2024-yil 1-iyuldan: “Mobile-ID” tizimida fuqarolarni identifikatsiya qilish ularning хohishiga koʻra ID-karta va хorijga chiqish pasportini davlat хizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish jarayonida kompozit shaklda amalga oshirilishi, korхonalar, muassasalar va tashkilotlardan arхiv hujjatlari oʻrnatilgan tartibda yoʻq qilinishida, ularning elektron nusхalarini talab etish amaliyoti bekor qilinishi, noturar joylarni boshqa shaхsga oʻtkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat хizmatlari markaziga kelgan va ularning shaхsi markaz хodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning oʻzida davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun kadastr organlariga yuborilishi belgilangan.

2024-yil yakuniga qadar davlat хizmatlarini koʻrsatishda shaхsni biometrik identifikatsiya qilish (Fase-ID) usuli joriy qilinadi. Bunda, fuqarolar tomonidan shaхsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.

Shuningdek, yuridik ta’lim sohasida: maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab - litsey - teхnikum – universitet” tizimini joriy etiladi, Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik teхnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylarini tashkil qilinib, ularning iqtidorli bitiruvchilari “yurisprudensiya” yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilinadi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

INTIZOMIY JAZO CHORALARI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

personmaftuna 17-05-24, 01:54
0 INTIZOMIY JAZO CHORALARI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi xodimga quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli: 1)...

JAMOA SHARTNOMASINING TUSHUNCHASI VA SHAKLI QANDAY?

personmaftuna 27-12-24, 16:21
0 JAMOA SHARTNOMASINING TUSHUNCHASI VA SHAKLI QANDAY?

Jamoa shartnomasi tushunchasi va shakli O'zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksining 65-moddasida ko'rsatib o'tilgan...

ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ТИББИЁТ УНИВЕРСИТЕТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

personmaftuna 03-06-25, 13:02
0 ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ТИББИЁТ УНИВЕРСИТЕТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Тиббиёт соҳасида кадрлар тайёрлаш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Қарори...

menu
menu