MEHNAT INTIZOMI
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 295-moddasida Ish beruvchi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq xodimlarning mehnat intizomiga rioya etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi shartligi belgilangan.
Mehnat intizomi normal ish uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-texnik shart-sharoitlarni yaratish, halol mehnati uchun rag‘batlantirish va mukofotlash usullari, mehnat (lavozim) majburiyatlarini buzgan xodimlarga nisbatan jazo choralarini qo‘llash orqali ta’minlanadi.
Ichki mehnat tartibi qoidalari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq ishga qabul qilish va xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi, mehnat shartnomasi taraflarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, ish rejimi, dam olish vaqti, xodimlarga nisbatan qo‘llaniladigan imtiyozlar va jazo choralari, shuningdek ushbu ish beruvchida mehnat munosabatlarini tartibga solishga oid boshqa masalalarni tartibga soluvchi ichki hujjatdir.
Ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin.
Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishi xodimni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Intizomiy qilmish deganda xodim tomonidan o‘z mehnat majburiyatlarini aybli tarzda, g‘ayriqonuniy ravishda bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tushuniladi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
YOSHLAR YETAKCHISINING OYLIK ISH HAQI MIQDORI U
personmaftuna 14-05-24, 02:06Xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida; -...
PAXTA XOM ASHYOSI ISHLAB CHIQARUVCHILARIGA KREDIT BERISH
personmaftuna 19-09-24, 07:03O‘zbekiston Respublikasi Prezident i ning 23.08.2024 - yildagi PF-119-sonli Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi...
“MAHALLA HUQUQSHUNOSI” LOYIHASI QANDAY TIZIM?
personmaftuna 30-09-25, 12:19O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yilda “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va...