Kuzatuvchi » Siyosiy » MEHNAT NIZOLARI

MEHNAT NIZOLARI

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya kasaba uyushmasi qo‘mitasi va ish beruvchi vakillarining kelishuviga ko‘ra qaror qabul qiladi. Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarori asoslantirilgan hamda mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga asoslangan bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 555-moddasiga asosan, mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarorida quyidagilar ko‘rsatilishi belgilangan: tashkilotning nomi, yakka tartibdagi mehnat nizosi tashkilot alohida bo‘linmasining mehnat nizolari bo‘yicha komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan taqdirda esa bo‘linmaning nomi, komissiyaga murojaat etgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, kasbi yoki mutaxassisligi, komissiyaga murojaat etilgan va nizo ko‘rib chiqilgan sana, nizoning mohiyati, komissiya a’zolarining va majlisda hozir bo‘lgan boshqa shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, qarorning mohiyati va uning asoslanishi ovoz berish natijalari.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning pulga oid talablar bo‘yicha qarorida xodimga tegishli bo‘lgan aniq summa ko‘rsatilishi kerak.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarori komissiya majlisining raisi va kotibi tomonidan imzolanib, majburiy kuchga ega bo‘ladi va biron-bir tarzda tasdiqlanmaydi.

Mehnat nizosi bo‘yicha komissiya qarorining ko‘chirma nusxasi xodimga, ish beruvchiga va kasaba uyushmasi qo‘mitasiga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida topshiriladi yoki  yuboriladi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.


Boshqa maqolalar

“YOSHLAR DAFTARI” HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?

personmaftuna 01-05-24, 01:29
0 “YOSHLAR DAFTARI” HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?

“Yoshlar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo’llab-quvvatlashga, bilim va kasb o’rganishga ehtiyoji...

“ҲАЗРАТ НАВОИЙНИ АНГЛАШ – ЎЗЛИГИМИЗНИ АНГЛАШ” МАВЗУСИДА

personmaftuna 17-03-25, 11:27
0 “ҲАЗРАТ НАВОИЙНИ АНГЛАШ – ЎЗЛИГИМИЗНИ АНГЛАШ” МАВЗУСИДА РЕСПУБЛИКА ТАНЛОВИ ЎТКАЗИЛАДИ

“Буюк шоир ва мутафаккир Мир Алишер Навоий ижодий меросини юртимиз ва жаҳон миқёсида кенг тарғиб қилиш ҳамда Навоий...

“TELEKOMMUNIKATSIYALAR TOʻGʻRISIDA”GI QONUN KUCHGA KIRDI

personmaftuna 10-02-25, 01:53
0 “TELEKOMMUNIKATSIYALAR TOʻGʻRISIDA”GI QONUN KUCHGA KIRDI

27.12.2024 yildagi "Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1015-son Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Qonunning...

menu
menu