Kuzatuvchi » Siyosiy » MUROJAATLARNI BERISH MUDDATLARI

MUROJAATLARNI BERISH MUDDATLARI

Murojaatlarni berish muddatlari belgilanmaydi. Ayrim hollarda, agar davlat organining, tashkilotning yoki ular mansabdor shaxslarining murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha imkoniyatlariga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini o‘z vaqtida amalga oshirish va himoya qilishni ta’minlash zaruratiga bog‘liq bo‘lsa, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra murojaatni berish muddati belgilanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining 11.09.2017-yildagi  “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” O‘RQ-445-sonli Qonunining 22-moddasiga asosan,  bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga ariza yoki shikoyat jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat sodir etilganligi, qaror qabul qilinganligi ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran uzog‘i bilan bir yildan kechiktirmay berilishi belgilangan.

Ariza yoki shikoyat berishning uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati arizani yoki shikoyatni ko‘rib chiquvchi davlat organi, tashkilot yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaxsi tomonidan tiklanadi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

TENDER O‘TKAZISH BO‘YICHA XARID KOMISSIYASI HAQIDA

personmaftuna 28-06-24, 23:06
0 TENDER O‘TKAZISH BO‘YICHA XARID KOMISSIYASI HAQIDA BILASIZMI ?

O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonunining 65-moddasiga asosan. Davlat...

XALQARO REYTING VA INDEKSLAR BILAN ISHLASH

personmaftuna 30-09-25, 11:54
0 XALQARO REYTING VA INDEKSLAR BILAN ISHLASH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyunda“Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimini...

INSOFSIZ RAQOBATNI TAQIQLASH HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT

personmaftuna 24-03-25, 03:42
0 INSOFSIZ RAQOBATNI TAQIQLASH HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki ularning manfaatlarini ko‘zlab boshqa shaxslar tomonidan raqobatchilarga nisbatan...

menu
menu