Kuzatuvchi » Siyosiy » SUDGA MUROJAAT QILISH SHAKLI

SUDGA MUROJAAT QILISH SHAKLI

Sudlarga ikki xil toifadagi murojaatlar qilish mumkin: Birinchisi, bu oddiy xat tarzidagi (muayyan ish bilan bog‘liq bo‘lmagan) murojaatlar, ya’ni ariza, taklif, shikoyatlar, Ikkinchisi, muayyan nizo yoki ish bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlar, ya’ni ariza, da’vo arizasi, iltimosnoma, shikoyatlar.

Birinchi toifadagi murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda, ya’ni sudga kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, 1 oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim. Agar ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish muddati uzaytirilganda bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.

Ikkinchi toifadagi murojaatlar tegishlicha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda Jinoyat-protsessual kodeksida, ma’muriy sudlarda Ma’muriy sud ishlarini yuritish kodeksida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ТАДБИРКОРЛАРГА СУБСИДИЯ, ИМТИЁЗ ВА ПРЕФЕРЕНЦИЯЛАРНИ ТАҚДИМ

personmaftuna 30-05-24, 12:40
0 ТАДБИРКОРЛАРГА СУБСИДИЯ, ИМТИЁЗ ВА ПРЕФЕРЕНЦИЯЛАРНИ ТАҚДИМ ЭТИШ ТАРТИБЛАРИ ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ

“Тадбиркорлик субъектларига субсидиялар, имтиёзлар ва преференцияларни тақдим этиш тартибларини такомиллаштириш бўйича...

OʻGʻITLAR ХAVFSIZLIGIGA DOIR TALABLAR OʻZGARDI

personmaftuna 13-02-25, 01:07
0 OʻGʻITLAR ХAVFSIZLIGIGA DOIR TALABLAR OʻZGARDI

Vazirlar Mahkamasining 11.01.2025-yildagi «Organik va organik-mineral oʻgʻitlar х avfsizligi boʻyicha qoʻshimcha...

QISHLOQ ХOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI

personmaftuna 30-09-24, 12:18
0 QISHLOQ ХOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI SOTISH MUMKIN

Prezidentning 18.01.2024-yildagi PF-15-sonli «Qishloq х oʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish...

menu
menu