Kuzatuvchi » Siyosiy » VAQTINCHA YASHOVCHILAR

VAQTINCHA YASHOVCHILAR

Ijaraga oluvchi va u bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar umumiy kelishuvga binoan va ijaraga beruvchini oldindan xabardor qilgan holda vaqtincha yashovchilarga uy-joyda bepul yashab turishlari uchun ruxsat etishga haqlidirlar.

Qonunchilikning jon boshiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni normasi haqidagi talablariga rioya etilmasa, ijaraga beruvchi vaqtincha yashovchilarning yashab turishlarini taqiqlab qo‘yishi mumkin.

Fuqarolik Kodeksining   609-moddasida vaqtincha yashovchilarning yashab turish muddati 6 oydan oshmasligi kerakligi belgilangan. Vaqtincha yashovchilar uy-joydan foydalanishda mustaqil huquqqa ega bo‘lmaydilar.

Ularning xatti-harakatlari uchun ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchi javobgardir.

Vaqtincha yashovchilar ular bilan kelishilgan yashab turish muddati o‘tganidan keyin, agarda bunday muddat kelishilmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchi yoki u bilan birga doimiy yashaydigan har qanday fuqaro tomonidan tegishli talab qo‘yilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan 7 kun ichida uy-joyni bo‘shatishlari shart.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

SUD QARORINI IJRO ETMASANGIZ JARIMA NAQD !

personmaftuna 30-01-25, 13:16
0 SUD QARORINI IJRO ETMASANGIZ JARIMA NAQD !

O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 198 prim 1-moddasiga binoan bazaviy...

MAKTABLARDA “HUQUQIY SINFLAR” TASHKIL ETILADI

personmaftuna 24-09-24, 07:06
0 MAKTABLARDA “HUQUQIY SINFLAR” TASHKIL ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.08.2024-yildagi "Davlat ta’lim muassasalarida uzluksiz huquqiy...

IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AHOLI QATLAMINING MANZILLI VA

personmaftuna 30-01-25, 01:00
0 IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AHOLI QATLAMINING MANZILLI VA SAMARALI IJTIMOIY HIMOYA QILINISHI KUCHAYTIRILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-977-son, 18.10.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va...

menu
menu