ISHGA QABUL QILISH CHOG‘IDAGI DASTLABKI SINOV
Dastlabki sinov muddati 3 oydan, tashkilotlarning rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, bosh buxgalterlar hamda tashkilotlar alohida bo‘linmalarining rahbarlari uchun esa 6 oydan oshmasligi kerak.
Mehnat shartnomasi quyidagi maqsadda dastlabki sinov bilan tuzilishi mumkin:
- xodimning topshirilayotgan ishga muvofiqligini tekshirish;
- mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni davom ettirish maqsadga muvofiqligi haqida xodim tomonidan qaror qabul qilish.
Dastlabki sinovdan o‘tish mehnat shartnomasida shartlashilgan bo‘lishi kerak. Bunday shartlashuv mavjud bo‘lmagan taqdirda, xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.
Rafiq G‘ULOMOV,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
PENSIYA TAYINLASHNI SO‘RAB MUROJAAT ETISH TARTIBI
personmaftuna 04-05-24, 09:53O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 18-martda qabul qilingan O‘RQ-922-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining...
ISH STAJIGA QO‘SHIB HISOBLANADIGAN MEHNAT FAOLIYATI TURLARI
personmaftuna 13-04-24, 02:18Quyidagilar ish stajiga qo‘shib hisoblanadi: a) 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — faoliyat turi, mulk va...
PEDAGOGNING MAQOMI MAХSUS QONUN BILAN BELGILANMOQDA
personmaftuna 22-02-24, 07:25Prezident tomonidan 01.02.2024-yildagi “Pedagogn ingmaqomi toʻgʻrisida”gi O’RQ-901-son qonun imzolandi. Mehnat...