“112” YAGONA DISPETCHERLIK XIZMATI TASHKIL ETILADI
“112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Hukumat qarori (304-son, 29.05.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, hodisa va favqulodda vaziyatlar ro'y berganda shoshilinch yordam ko'rsatish uchun “112” qisqa raqam orqali fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash imkonini beruvchi yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi.
-“112” yagona dispetcherlik xizmati Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Hududgazta'minot” aksiyadorlik jamiyatining shoshilinch xizmatlarini ma'lumotlarni uzatishning yagona tarmog'iga birlashtirgan holda respublikaning barcha hududlari bo'yicha shoshilinch yordam chaqiriqlarini qabul qilish va qayta ishlash, aholiga shoshilinch yordam ko'rsatish faoliyatini boshqarishning yagona tizimi hisoblanadi.
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ЎЗБЕКИСТОНДА ТАЪЛИМ СИФАТИ ВА САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ
personmaftuna 03-06-25, 13:06“Ўзбекистон Республикасида таълим сифати ва самарадорлигини ошириш” лойиҳасини амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”...
NUTQIDA, ESHITISH VA KOʻRISHIDA OGʻIR NUQSONLARI BOR
personmaftuna 30-09-24, 01:51Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bogʻchalarda ota-onalar toʻlovi undirilmaydi: 1 nutqidagi ogʻir nuqsonlar...
ER-XOTINNING UMUMIY MULKIGA NIMALAR KIRADI?
personmaftuna 10-12-24, 09:49Nikoh davomida olingan mol-mulk er va xotinning umumiy mulki hisoblanadi. Xususan, bunday mulk sirasiga quyidagilar...