YOQILG‘I-ENERGETIKA SOHASIDA BOZOR MEXANIZMLARINI JORIY ETISHNING QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLARI
Iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilishini rag‘batlantirish, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazishni davom ettirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024-yil 204-sonli Qarori qabul qilingan.
Isitish mavsumida (noyabr — fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiya turlari taqdim etiladi:
a) Ijtimoiy himoya milliy agentligi AT “Xalq banki” bilan birgalikda noyabr oyida 270 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam o‘tkazib beradi;
b) elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha quyidagi miqdorlardagi iste’mol uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:
tabiiy gaz uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;
elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.
Bunda: ushbu bandda nazarda tutilgan kompensatsiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali to‘lab beriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlaridagi ehtiyojmand oilalar uchun to‘lovlar oktyabr oyidan boshlab amalga oshiriladi.
2024-yil 1-iyuldan boshlab yuridik shaxslarga yetkazib beriladigan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlar 100 foiz oldindan amalga oshiriladi.
X.MADAMINOVA,
Yangibozor tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi mudirasi.
Boshqa maqolalar
BOLALARNI 1-SINFGA QABUL QILISH MIKROHUDUD DOIRASIDA VA
personmaftuna 23-07-24, 14:22Qonunchilikka ko'ra, bolalarni 1-sinfga Mikrohudud doirasida va Mikrohududdan tashqarida qabul qilish bo'yicha davlat...
MUDDATLI MEHNAT SHARTNOMASI MUDDATI TUGASA “DEKRET
personmaftuna 30-09-24, 23:20Mehnat Kodeksining 408-moddasi 2, 3, 4-qismlariga ko‘ra, ayolning homiladorligi davrida muddatli mehnat shartnomasining...
NIKOH SHARTNOMASI VA UNI TUZISH NIKOH SHARTNOMASINING
personmaftuna 26-01-24, 06:14Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan...