Kuzatuvchi » Siyosiy » BIR MARTALIK NAFAQA PULI “SUYUNCHI PULI” ENDILIKDA KIMLARGA BERILADI?

BIR MARTALIK NAFAQA PULI “SUYUNCHI PULI” ENDILIKDA KIMLARGA BERILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ba’zi ijtimoiy nafaqalarni to‘lash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 04.03.2024-yildagi 110-sonli Qaroriga muvofiq davlat budjeti mablag‘laridan samarali va oqilona foydalangan holda, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam to‘lovlari manzilliligini ta’minlash, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini izchil qo‘llab-quvvatlash siyosatini davom ettirish maqsadida qaror qabul qilingan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi avtomatik ravishda farzand tugilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga xizmat natijasi bo‘yicha SMS-xabar yuboradi. 2024-yil 1-apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli: birinchi farzandi uchun — barcha ayollarga; ikkinchi farzandi uchun — farzand tug‘ilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi.

Qolgan barcha holatlarda farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtirish rad etiladi.

Bolaning otasi yoki onasi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatgan holda, bola tug‘ilgandan boshlab 1 oy muddat ichida bir martalik nafaqa pulini olish uchun AT “Xalq banki”ning istalgan filialiga murojaat qiladi.

 

X.MADAMINOVA,

 

Yangibozor tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi mudirasi.




Boshqa maqolalar

IT-PARK REZIDENTLARI SHARTNOMALARNI ONLAYN TARZDA

personmaftuna 26-03-24, 00:38
0 IT-PARK REZIDENTLARI SHARTNOMALARNI ONLAYN TARZDA RASMIYLASHTIRISHLARI MUMKIN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.03.2024-yildagi PQ-129-sonli “Tadbirkorlik subyektlariga xalqaro...

26 MLRD AQSH DOLLARI MIQDORIDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARINI

personmaftuna 01-06-24, 02:25
0 26 MLRD AQSH DOLLARI MIQDORIDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH CHORALARI TASDIQLANDI

Prezident tomonidan 15.05.2024-yildagi “Uchinchi Toshkent х alqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar...

MEHNAT DAFTARCHASINI ХODIMNING QARINDOSHIGA BERISH MUMKINMI?

personmaftuna 28-03-24, 00:47
0 MEHNAT DAFTARCHASINI ХODIMNING QARINDOSHIGA BERISH MUMKINMI?

Xodimdan notarial tasdiqlangan ishonchnoma taqdim etilgan taqdirda mehnat daftarchasini uchinchi shaхsga berishga yoʻl...

menu
menu