QACHON SUDLANGANLIK HOLATI TUGALLANADI?
Shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:
- shartli hukm qilinganlarga nisbatan – sinov muddati tugagan kundan boshlab;
- majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;
- jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin – 1 yil o‘tgach;
- ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin – 2 yil o‘tgach;
- 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 4 yil o‘tgach;
- 5 yildan ortiq, lekin 10 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 7 yil o‘tgach;
- 10 yildan ortiq, lekin 15 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 10 yil o‘tgach.
Qonunchilikka ko‘ra, sudlanganligi, shu jumladan tugallangan va olib tashlangan sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno) yoxud shaxslarni ularning yaqin qarindoshlari sudlanganligi, shu jumladan tugallangan sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik mumkin emas.
J.ABDUKARIMOV,
Boshqa maqolalar
БУХОРО ДАВЛАТ ТЕХНИКА УНИВЕРСИТЕТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ
personmaftuna 17-03-25, 10:55“Бухоро давлат техника университетини ташкил этиш тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ-22-сон, 24.01.2024 й.) қабул...
ELEKTR ENERGIYASI VA TABIIY GAZ QURILMALARINI OʻRNATISH
personmaftuna 15-05-25, 12:13Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi...
GAZ SARFI VA XARAJATLARINI ONLAYN REJIMDA KUZATISH MUMKIN
personmaftuna 11-12-24, 11:17“Hududgazta’minot” AJ tomonidan aholi iste’molchilarining tabiiy gaz sarfi va xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini...