YENGIL KONSTRUKSIYALI ISSIQХONALAR OʻRNATISH UCHUN BERILADIGAN SUBSIDIYALAR MIQDORI OʻZGARTIRILDI
Vazirlar Mahkamasining 01.05.2024-yildagi “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 255-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan yengil konstruksiyali issiqхonalar oʻrnatish, urugʻliklar, koʻchatlar va sugʻorish vositalari хarid qilish uchun subsidiya faqat tomorqa yer egasiga ajratilishi haqidagi talab bekor qilindi. Tegishli oʻzgartirishlar Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3,6 va 7-bandlariga kiritildi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan bandlarning yangi tahririda “talabgor” termini ishlatilgan.
Bundan tashqari, yengil konstruksiyali issiqхonalar oʻrnatish, urugʻliklar, koʻchatlar va sugʻorish vositalari хarid qilish uchun beriladigan subsidiyalar miqdori bekor qilindi. Endi subsidiya miqdori Agentlikning hududiy boshqarmasi, yetkazib beruvchi tashkilot va talabgor oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnoma shartlariga bogʻliq boʻladi. Tegishli oʻzgartirish Nizomning 3-bandiga kiritilgan.
Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
DAVLAT XARIDLARI TO‘G‘RISIDAGI AXBOROT NIMA U VA QANDAY
personmaftuna 28-06-24, 23:29O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonuni asosan. O‘zbekiston Respublikasi...
БИЛАСИЗМИ?
personmaftuna 29-03-24, 06:51“Солиққа оид айрим ҳуқуқбузарликлар учун жавобгарлик чораларини мақбуллаштириш тўғрисида”ги Президент фармони...
TAZYIQ O‘TKAZGAN VA ZO‘RAVONLIK SODIR ETGAN SHAXSLARNING
personmaftuna 23-05-24, 19:36Qaror bilan, tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga...