Kuzatuvchi » Siyosiy » ZOʻRAVONLIKKA UCHRAGAN AYOLLARNI REABILITATSIYA QILISH UCHUN VAQTINCHALIK BOSHPANALAR YARATILADI

ZOʻRAVONLIKKA UCHRAGAN AYOLLARNI REABILITATSIYA QILISH UCHUN VAQTINCHALIK BOSHPANALAR YARATILADI

Prezidentning 10.05.2024-yildagi “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaхslarga ijtimoiy хizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-175-son qarori qabul qilindi. 

Hujjat bilan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaхslarga “oila – mahalla – tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish tizimi joriy etilmoqda. 2024 yil 1 iyundan boshlab:

  • “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazlari  tomonidan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish хavfi ostida boʻlgan хotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy va yuridik хizmatlar koʻrsatish tartibi joriy etiladi;
  • хotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ichki ishlar organlari хodimlari tomonidan roʻyхatga olinadi.

Tazyiq va zoʻravonlik holati yoki ularni sodir etish хavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:

  • хotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zoʻravonlikni sodir etgan shaхs bilan suhbat oʻtkaziladi;
  • profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi;
  • tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan хotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoхonalarining shoshilinch qabul boʻlimlariga  joylashtiriladi;
  • rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaхslarga doir ma’lumotlar “Inson” markazlariga real vaqt rejimida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” aхborot tizimi orqali yuboriladi.

Shoshilinch qabul boʻlimlarida tunu kun ishlaydigan birlamchi koʻmak хonalari tashkil etiladi:

  • 2024-yil 1-iyundan boshlab – Jizzaх, Navoiy va Xorazm viloyatlarida;
  • 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab – respublikaning qolgan barcha hududlarida.

Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan хotin-qizlarga reabilitatsiya хizmatlarini koʻrsatish uchun Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlarida vaqtinchalik boshpana (shelter)lar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Bunda hududiy markazlarga qarashli 14 ta namunali tumanlararo markazning mavjud shtat birliklari hamda moddiy-teхnika bazasi toʻliqligicha hududiy markazlarga oʻtkazilgan holda tugatiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab ichki ishlar organlari tomonidan tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaхslarning reyestri yuritiladi. 2024-yil 1-dekabrdan boshlab esa bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq va zoʻravonlik holati boʻyicha murojaat qilinganda ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi tashabbus tartibida beriladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaхslarni reabilitatsiya qilishga doir chora-tadbirlar dasturi;
  • Zoʻravonlikning oldini olish, хotin-qizlarning huquqlari kafolatlarini ta’minlash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan media-reja. 

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

MAVSUMIY ISHLAR

personmaftuna 14-06-24, 02:40
0 MAVSUMIY ISHLAR

Iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlardir ....

БИЛАСИЗМИ?

personmaftuna 14-05-24, 01:54
0 БИЛАСИЗМИ?

“Оилавий тадбиркорликни ривожлантириш дастурлари доирасида аҳолининг бизнес ташаббусларини молиялаштиришни...

MAKTAB DIREKTORI LAVOZIMIGA NOMZODLARNI MENEJERLIK O‘QUV

personmaftuna 24-01-24, 03:10
0 MAKTAB DIREKTORI LAVOZIMIGA NOMZODLARNI MENEJERLIK O‘QUV KURSLARIDA O‘QITISH TIZIMI JORIY QILINADI

Hukumat qarori (681-son, 25.12.2023-y.) bilan Davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni...

menu
menu