Kuzatuvchi » Siyosiy » SUGʻURTALOVCHILARGA JARIMA QANDAY QOʻLLANILADI

SUGʻURTALOVCHILARGA JARIMA QANDAY QOʻLLANILADI

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi bilan Sugʻurtalovchilarga nisbatan jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (Adliya Vazirligida 10.05.2024-y. 3512-son bilan roʻyхatdan oʻtkazildi). 

Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • umumiy qoidalar. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini, shu jumladan belgilangan iqtisodiy normativlarni buzganligi uchun ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdorigacha jarima qoʻllashga haqli. Bunda, sugʻurtalovchiga qoʻllaniladigan jarimalarning umumiy miqdori ustav kapitalining eng kam miqdori 1,0 foizidan ortik boʻlmasligi lozim. 
  • jarima sanksiyalarini qoʻllash asoslari. Ularga quyidagilar kiradi:

- vakolatli davlat organining oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirilgan nazorat tadbirlari va tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar va rasmiylashtirilgan hujjatlar;

- qonunchilikka muvofiq vakolatli davlat organiga topshiriladigan hisobotlar va ma’lumotlar;

- auditorlik va aktuar tashkilotlari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv natijalari boʻyicha хulosa va boshqalar; 

  • jarima sanksiyalarini qoʻllash. Sugʻurtalovchilarga nisbatan jarima sanksiyalarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror vakolatli davlat organining rahbari yoki oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi. Bunday qarorni qabul qilishga ishchi komissiyaning  хulosasi asos boʻladi.
  • vakolatli davlat organi qarori ustidan shikoyat qilish. Vakolatli davlat organining jarima sanksiyalarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan sugʻurtalovchi qarordan koʻchirmani olgan sanadan boshlab oʻn besh kun ichida apellyatsiya kengashiga yozma ravishda shikoyat berish yoki qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat kilish huquqiga ega. 

Nizom bilan muayyan turdagi huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun jarimalar miqdorini oʻz ichiga oladigan ilova (“Sugʻurtalovchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun vakolatli davlat organi tomonidan qoʻllaniladigan jarima sanksiyalari”) tasdiqlandi. 

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

 

Boshqa maqolalar

O‘ZBEKISTONDA ISTE’MOLCHILAR BILISHI KERAK BO‘LGAN 5 MUHIM

personmaftuna 13-12-24, 09:55
0 O‘ZBEKISTONDA ISTE’MOLCHILAR BILISHI KERAK BO‘LGAN 5 MUHIM HUQUQIY QOIDA

1. Iste’molchi qanday huquqlarga ega? Iste’molchi xavfsiz va sifatli tovarlar va xizmatlardan foydalanish huquqiga ega....

ЕРЛАРНИНГ ИНВЕСТИЦИЯВИЙ ИМКОНИЯТЛАРИДАН САМАРАЛИ

personmaftuna 15-12-24, 23:01
0 ЕРЛАРНИНГ ИНВЕСТИЦИЯВИЙ ИМКОНИЯТЛАРИДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИЛАДИ

“Тадбиркорлик ва шаҳарсозлик фаолиятини амалга оширишда ер ресурсларининг инвестициявий имкониятларидан самарали...

2028 ЙИЛГАЧА ҚҚС ВА ФОЙДА СОЛИҒИ СТАВКАЛАРИ ОШИРИЛМАЙДИ

personmaftuna 30-01-25, 02:04
0 2028 ЙИЛГАЧА ҚҚС ВА ФОЙДА СОЛИҒИ СТАВКАЛАРИ  ОШИРИЛМАЙДИ

“Тадбиркорлар учун тенг шароитлар ва адолатли рақобат муҳитини таъминлаш бўйича навбатдаги чора-тадбирлар тўғрисида”ги...

menu
menu