Kuzatuvchi » Siyosiy » ZARGARLIK SOHASI VA DAM OLISH MASKANLARIGA SOLIQ IMTIYOZLARI BERILMOQDA

ZARGARLIK SOHASI VA DAM OLISH MASKANLARIGA SOLIQ IMTIYOZLARI BERILMOQDA

Prezident tomonidan 13.05.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-926-son Qonun imzolandi. 

Soliq kodeksiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga koʻra:

  • zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni respublika hududiga olib kirish QQSdan 2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ozod qilinadi;
  • kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashkari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yoʻnalishdagi хizmatlarni koʻrsatishdan olgan foydasi 2026-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda foyda soligʻidan ozod qilinadi.

Bundan tashkari «Turizm toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga koʻra,  kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etilmoqda. 

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

TOSHKENT VA JIZZAХ VILOYATLARIDA CHARM-POYABZAL SANOATI

personmaftuna 01-06-24, 02:07
0 TOSHKENT VA JIZZAХ VILOYATLARIDA CHARM-POYABZAL SANOATI KLASTERLARI TASHKIL ETILADI

Prezidentning 20.05.2024-yildagi “Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi...

КАСБИЙ ТАЪЛИМНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ЖАМҒАРМАСИНИНГ ФАОЛИЯТИ

personmaftuna 03-06-25, 12:31
0 КАСБИЙ ТАЪЛИМНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ЖАМҒАРМАСИНИНГ ФАОЛИЯТИ ТАРТИБГА СОЛИНДИ

Ҳукумат қарори (245-сон, 19.04.2025 й.) билан “Ўзбекистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги...

ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISH VA MUNOSIB MEHNAT

personmaftuna 24-01-24, 02:51
0 ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISH VA MUNOSIB MEHNAT MASALALARI BO‘YICHA MILLIY MA'RUZACHI INSTITUTI TA'SIS ETILDI

“Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar...

menu
menu