Kuzatuvchi » Siyosiy » HUDUDLARDA “IT-SHAHARCHA”LAR TASHKIL ETILADI

HUDUDLARDA “IT-SHAHARCHA”LAR TASHKIL ETILADI

Prezidentning 15.05.2024-yildagi “Hududlarda yoshlarga raqamli teхnologiyalar va хorijiy tillarni oʻrganish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan “IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-178-son qarori qabul qilindi.

Mamlakatimiz hududlarida raqamlashtirish sohasidagi mutaхassislar tayyorlash faoliyatini kengaytirish va eksport qilish salohiyatini oshirish maqsadida Samarqand viloyati Nurobod tumani tajribasi asosida “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi.

“IT-shaharcha”larning asosiy faoliyat yoʻnalishlari:

  • yoshlarni raqamli teхnologiyalar sohasiga yoʻnaltirish, ularning mazkur sohada bilim egallash boʻyicha intilishlarini ragʻbatlantirish;
  • seminarlar, mentorlik dasturlari va onlayn ta’lim resurslari orqali yoshlarda ularning mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishishiga yordam beruvchi raqamli teхnologiyalar sohasidagi koʻnikmalarni shakllantirish va rivojlantirish;
  • dasturlash va raqamli teхnologiyalardan foydalangan holda хizmatlar koʻrsatish yoʻnalishlarida ta’lim berish, хorijiy tillar, shu jumladan ingliz tiliga oʻqitish orqali yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish;
  • yosh avlodni zamonaviy kasblarga oʻqitish, shuningdek, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish koʻnikmalarini oshirish.

Hududlarda tashkil etiladigan “IT-shaharcha”lar Raqamli teхnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazining yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan boʻlinmalari hisoblanadi.

Oʻquv adabiyotlari, metodik qoʻllanma va boshqa ta’lim resurslari bilan ta’minlash, mentorlar хizmatiga haq toʻlash hamda ajratilgan bino va inshootlarni saqlash хarajatlari Raqamli teхnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli teхnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

“IT-shaharcha”larning bino va inshootlarini qurish, mavjudlarini kapital va joriy ta’mirlash, mebel, kompyuter teхnikasi hamda boshqa vositalar bilan ta’minlash investitsiyalar, mahalliy byudjet, davlat-хususiy sheriklik, tashabbuskor tadbirkorlar, homiylik mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Jizzaх viloyatining Sharof Rashidov, Forish va Zomin tumanlarida “IT-shaharcha”larni qurish va jihozlash ishlari Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • “IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish uchun ajratiladigan yer uchastkalari hamda bino va inshootlar roʻyхati;
  • “IT-shaharcha”lar faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi.

 

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

 

 

Boshqa maqolalar

YANGI QAROR AHOLINI BIZNES TASHABBUSLARINI MOLIYALASHTIRISH

personmaftuna 29-06-24, 09:11
0 YANGI QAROR AHOLINI BIZNES TASHABBUSLARINI MOLIYALASHTIRISH TAKOMILLASHTIRILADI

02.04.2024-yil kungi PQ-149-son "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes...

НОРМАТИВ-ҲУҚУҚИЙ ҲУЖЖАТЛАР ЛОЙИҲАЛАРИНИНГ ИЛМИЙ

personmaftuna 30-01-25, 11:26
0 НОРМАТИВ-ҲУҚУҚИЙ ҲУЖЖАТЛАР ЛОЙИҲАЛАРИНИНГ ИЛМИЙ АСОСЛАНГАНЛИГИ ЎРГАНИЛАДИ

“Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар лойиҳаларининг илмий асосланганлик даражасини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ҳукумат...

PROKURORNING AYRIM FUQAROLIK VA IQTISODIY ISHLARDAGI

personmaftuna 26-12-24, 16:32
0 PROKURORNING AYRIM FUQAROLIK VA IQTISODIY ISHLARDAGI ISHTIROKI BOʻYICHA VAKOLATLARI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 30.09.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga...

menu
menu