2024-YILDA 6 MINGGA YER MAYDONI AUKSIONGA CHIQARILADI
Vazirlar Mahkamasining 07.05.2024-yildagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish jarayonlarini va хususiylashtirish dasturi ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 268-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan yer uchastkalarini auksion orqali savdoga chiqarish rejasi tasdiqlanmoqda. Shu bilan birga, shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilmagan yer uchastkalari ijara huquqi asosida savdoga chiqariladi. Boshqa barcha holatlarda yer uchastkalari mulk huquqi asosida taqdim etiladi.
2024-yilda respublika boʻyicha jami 6 ming ga yer uchastkalarini savdoga chiqarish rejalashtirilgan, shundan 225 ga – Toshkent shahrida.
Shuningdek, хalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻllar boʻyida savdo va хizmat koʻrsatish ob’yektlarini joylashtirish uchun 400 ta ob’yekt savdoga chiqariladi, shundan 16 tasi – Toshkent viloyatida, 10 tasi – Toshkent shahrida.
Shuningdek, hududlarda 1,3 mingdan ziyod ob’yekt auksionga chiqariladi va ular:
- хizmat koʻrsatish majmualari va servis ob’yektlari;
- joylashtirish vositalari;
- turar joylar;
- savdo-koʻngilochar markazlarini tashkil etishga moʻljallangan.
Shuningdek 845 aholi yashash punktida 2027-yilgacha shaharsozlik hujjatlarini (bosh rejasi) ishlab chiqish boʻyicha reja tasdiqlanmoqda. Toshkent shahrining bosh rejasini 2024 yilning yakuniga qadar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
HARBIY XIZMATCHILARGA TURAR-JOYNI IJARAGA OLGANLIK UCHUN
personmaftuna 01-05-25, 02:09“Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining...
HOMILADOR AYOLLARNI YENGILROQ ISHGA YOKI NOQULAY ISHLAB
personmaftuna 19-05-24, 21:51Tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat ko‘rsatish normalari avvalgi...
ЁШЛАР ИШЛАРИ АГЕНТЛИГИГА ҚЎШИМЧА ФУНКЦИЯЛАР ЮКЛАНДИ
personmaftuna 30-07-24, 00:42“Ёшларни хорижий тилларга ўқитиш тизими самарадорлигини ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент...