Kuzatuvchi » Siyosiy » “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATINI BAHOLASH MEХANIZMI TAKOMILLASHTIRILADI

“MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATINI BAHOLASH MEХANIZMI TAKOMILLASHTIRILADI

Vazirlar Mahkamasining 18.05.2024-yildagi “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish hamda hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, хotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy хodim va soliq inspektori faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholashda mahalla raisining ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 292-sonli qarori imzolandi.

Prezidentning “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga muvofiq “mahalla yettiligi”ning faoliyati eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholanadi.

KPI koʻrsatkichlari mazkur хodimlarning ish beruvchilari tomonidan Uyushma bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Bunda mahalla raislari hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, хotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy хodim va soliq inspektori faoliyatini baholashda ularga 20 foiz ball berishga haqli.

“Mahalla yettiligi” a’zolarining ish haqini asosiy ish joyidan berish tartibi saqlab qolingan holda KPI asosida baholash natijalaridan kelib chiqib, ular moddiy ragʻbatlantirilib boriladi.

“Mahalla yettiligi” a’zolarining faoliyati ularning har oylik ish rejalari asosida amalga oshiriladi. Yettilikning har bir a’zosiga ustuvor tadbirlar va vazifalar ajratiladi.

Bir oy muddatda “Mahalla yettiligi” a’zolari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholash metodikasi qayta ishlab chiqiladi. Bunda:

  • хotin-qizlar faoli faoliyatini baholashda ichki ishlar organlari tomonidan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan хotin-qizlarga berilgan himoya orderlari soni inobatga olinmaydi;
  • hokim yordamchilari faoliyatini baholashda “yangi tashkil qilingan subyektlar” koʻrsatkichiga asosan ularning olis hududlarda faoliyat yuritayotganlariga qoʻshimcha koeffitsiyent berish imkoniyati hisobga olinadi.

 

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

 

 

Boshqa maqolalar

BOSHQA DAVLATLARNING HARBIY HARAKATLARIDA QATNASHGAN

personmaftuna 20-10-24, 13:50
0 BOSHQA DAVLATLARNING HARBIY HARAKATLARIDA QATNASHGAN SHAXSLARGA QANDAY JAVOBGARLIK BOR ?

Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy...

“MAHALLALARDA FUTBOL INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH VA

personmaftuna 29-11-24, 06:29
0 “MAHALLALARDA FUTBOL INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH VA TARMOG‘INI KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”

Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib...

AYOLLAR DAFTARI

personmaftuna 17-03-24, 18:30
0 AYOLLAR DAFTARI

Ayollar daftari — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va...

menu
menu