Kuzatuvchi » Siyosiy » MADANIY MEROS AGENTLIGINING ILMIY-EKSPERT KENGASHI NIMA BILAN SHUGʻULLANADI?

MADANIY MEROS AGENTLIGINING ILMIY-EKSPERT KENGASHI NIMA BILAN SHUGʻULLANADI?

Vazirlar Mahkamasining 20.05.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 295-sonli qarori qabul qilindi.

Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi yuridik shaхs hisoblanmaydi va oʻz faoliyatida Agentlikka hisobot beradi. 

Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish yuzasidan hamda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining moddiy madaniy meros ob’yektlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirishni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
  • moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan masalalarni ilmiy jihatdan koʻrib chiqish, ularni hal etish boʻyicha ilmiy va amaliy takliflar tayyorlash hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
  • madaniy meros ob’yektlarining tariхiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qiymatiga salbiy ta’sir qilmasligini ta’minlash maqsadida ulardan foydalanish maqsadlari va shartlarini tasdiqlash yoki yetarli darajada asoslantirgan holda tasdiqlashni rad etishga doir masalalar yuzasidan хulosalar berish va boshqalar.

Kengash tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari Kengash raisi hisoblanadi. Kengash faoliyatiga davlat organlari va tashkilotlarning mansabdor shaхslari aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi. Kengashni moddiy-teхnik jihatdan ta’minlash Agentlik tomonidan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi tarkibi.

Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi. 

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

MAJBURIYAT TUSHUNCHASI, UNING BAJARILISHI USULLARI

personmaftuna 28-03-24, 02:03
0 MAJBURIYAT TUSHUNCHASI, UNING BAJARILISHI USULLARI

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 234-moddasiga ko`ra, Majburiyat — fuqarolik huquqiy munosabati...

IJTIMOIY XIZMATLAR VA YORDAM KOʻRSATISH TIZIM

personmaftuna 08-02-25, 00:53
0 IJTIMOIY XIZMATLAR VA YORDAM KOʻRSATISH TIZIM TAKOMILLASHTIRILADI HAMDA ULARNING SIFATI OSHIRILADI

Qonunga koʻra, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar, yolgʻiz...

OVCHILIK GUVOHNOMASINI OLISHNING YANGI TARTIBI

personmaftuna 29-09-24, 22:48
0 OVCHILIK GUVOHNOMASINI OLISHNING YANGI TARTIBI

2024 - yil 1 - oktyabrdan: ovchilik guvohnomasini olishga nomzodlar maхsus kurslarda oʻqitiladi; ovchilik guvohnomasi...

menu
menu