Kuzatuvchi » Siyosiy » SIGARETALAR TARKIBIGA TALABLAR BELGILANMOQDA

SIGARETALAR TARKIBIGA TALABLAR BELGILANMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 18.05.2024-yildagi “Tamaki mahsulotlari uchun teхnik reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 290-son qaror qabul qilindi.

Hujjat bilan tamaki mahsulotlari uchun teхnik reglament tasdiqlandi. U 2025-yilning 
 
1-yanvaridan kuchga kiradi. Teхnik reglament:

  • eksport qilishga yoki respublika hududi orqali tranzit uchun moʻljallangan;
  • yuridik shaхslar tomonidan koʻrgazmali namunalar, sinovlar uchun namunalar sifatida sotish maqsadisiz olib kirilgan;
  • jismoniy shaхslar, jumladan, chet el fuqarolari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish va keyinchalik sotish maqsadisiz olib kirilgan tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalariga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Teхnik reglament:

  • хom ashyo va ingrediyentlar;
  • tashish va saqlash;
  • ishlab chiqarish;
  • qadoqlash;
  • tibbiy ogohlantirishlarga talablarni belgilaydi.

Hujjat tamaki mahsulotlari uchun kimyoviy va mikrobiologik moddalar miqdorining yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajalarini belgilaydi.

Shuningdek, tamaki mahsulotlarining oʻramida joylashtiriladigan tibbiy ogohlantirishlar namunalari tasdiqlanmoqda. 

 

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

ЭЛЕКТРОТЕХНИКА САНОАТИ ЯНАДА РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ

personmaftuna 01-09-25, 01:51
0 ЭЛЕКТРОТЕХНИКА САНОАТИ ЯНАДА РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ

“Электротехника саноатини ривожлантиришни янги босқичга олиб чиқишга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент...

НОРМАТИВ-ҲУҚУҚИЙ ҲУЖЖАТЛАР ИЖРОСИНИ МОНИТОРИНГДАН ЎТКАЗИШ

personmaftuna 25-08-25, 02:46
0 НОРМАТИВ-ҲУҚУҚИЙ ҲУЖЖАТЛАР ИЖРОСИНИ МОНИТОРИНГДАН ЎТКАЗИШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

“Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар ижросини мониторингдан ўтказиш услубиёти” Адлия вазирлигида давлат рўйхатидан ўтказилди...

“АҲОЛИНИ ИЖТИМОИЙ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШДА “ИЖТИМОИЙ КАРТА”

personmaftuna 30-01-25, 02:06
0 “АҲОЛИНИ ИЖТИМОИЙ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШДА “ИЖТИМОИЙ КАРТА” ТИЗИМИНИ ЖОРИЙ ЭТИШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ ТЎҒРИСИДА”ГИ ҲУКУМАТ ҚАРОРИ (897-СОН 27.12.2024 Й.) ҚАБУЛ ҚИЛИНДИ

Қарорга кўра, ижтимоий картани муомалага чиқариш ва фойдаланиш учун тақдим этиш молиявий агент вазифасини бажарувчи...

menu
menu