Kuzatuvchi » Siyosiy » SUVDAN FOYDALANISH VA SUV ISTE’MOLI QOIDALARINI BUZISH

SUVDAN FOYDALANISH VA SUV ISTE’MOLI QOIDALARINI BUZISH

Tabiiy suv oqimlari (jilg‘alar, soylar, daryolar va boshqalar), suv havzalari (ko‘llar, dengizlar) va boshqa tabiiy suv obyektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini, suv olish limitlarini buzish, suvlarning hamda suv obyektlarining holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni o‘zboshimchalik bilan bajarish, shuningdek loyihada nazarda tutilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalari bo‘lmagan holda ulardan suv olishni amalga oshirish

-fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Sun’iy suv oqimlari (ochiq va yopiq kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari), suv havzalari (suv omborlari, sel suvlari to‘planadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) hamda boshqa sun’iy suv obyektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini buzish, ya’ni suvdan xo‘jasizlarcha foydalanish, suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni o‘zboshimchalik bilan bajarish, suv obyektlaridan belgilangan suv olish limitlari, suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, 

-fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Yer osti suvli qatlamlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini, yer osti suvli qatlamlaridan suv olish limitlarini buzish, yer osti suvlaridan o‘zboshimchalik bilan suv olish, bundan jismoniy shaxslarning o‘z ehtiyojlari, shu jumladan tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun suvdan umumiy foydalanishi mustasno, 

-fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, 

-fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.









Boshqa maqolalar

SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) TA’LIM

personmaftuna 20-02-24, 09:51
0 SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) TA’LIM

Sirtqi ta’lim-ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va o’rta maxsus ma’lumot olish shakli. Sirtqi (maxsus sirtqi)...

КРИМИНОГЕН ВАЗИЯТ ОҒИР МАҲАЛЛАЛАР БИЛАН ЯНГИЧА ИШЛАШ

personmaftuna 01-09-25, 02:03
0 КРИМИНОГЕН ВАЗИЯТ ОҒИР МАҲАЛЛАЛАР БИЛАН ЯНГИЧА ИШЛАШ МЕХАНИЗМЛАРИ ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ

“2025 йилда республика маҳаллаларида хавфсиз муҳитни яратиш ва ҳуқуқбузарликларнинг барвақт олдини олиш тизими...

ЭНДИЛИКДА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЕРЛАРИГА БЎЛГАН ИЖАРА ҲУҚУҚИНИ

personmaftuna 08-02-24, 12:21
0 ЭНДИЛИКДА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЕРЛАРИГА БЎЛГАН ИЖАРА ҲУҚУҚИНИ СОТИШ МУМКИН

“Қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ер участкаларини ижарага бериш тартибини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлари...

menu
menu