OTA-ONANI MODDIY TA’MINLASHDAN BO‘YIN TOVLASH
Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onani yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashi, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik,
-o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki bir yuz yigirma soatgacha haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etishga yoxud ushbu Kodeksga muvofiq ma’muriy jazolarning mazkur turlari qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish jarayonida aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
FAMILYA, ISM VA OTA ISMINI O‘ZGARTIRISH OQIBATLARINI
personmaftuna 08-08-25, 01:58O ‘ zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 227-moddasiga asosan, familiya, ism va ota ismi o‘zgartirilganda fuqarolik...
HAQ TO‘LANADIGAN JAMOAT ISHLARIGA MAJBURIY RAVISHDA JALB
personmaftuna 29-05-24, 02:58Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish huquqbuzarni ijtimoiy foydali jamoat ishlarini...
MEHNAT NIZOLARINI KO‘RIB CHIQISH
personmaftuna 28-06-24, 08:40Mehnat qonunchiligiga ko‘ra ish beruvchi va xodim o‘rtasida yoki xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasida mehnat...