Kuzatuvchi » Siyosiy » JARIMA

JARIMA

Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir.

Jarimaning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ellikdan bir qismidan, mansabdor shaxslarga esa — o‘ndan bir qismidan kam bo‘lmasligi kerak.

Fuqaro va xizmatchilarga solinadigan jarimaning eng ko‘p miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan oshmasligi kerak. Ba’zi huquqbuzarliklar uchun bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan belgilanadigan jarimaning eng ko‘p miqdori Ma’muriy kodeksning 6-moddasiga binoan fuqarolarga — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oshmasligi kerak.

 

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

ISHGA QANDAY CHAQIRISH QOIDABUZARLIK DEB HISOBLANADI,

personmaftuna 29-09-24, 15:36
0 ISHGA QANDAY CHAQIRISH QOIDABUZARLIK DEB HISOBLANADI, BUNING UCHUN QANDAY JAVOBGARLIK NAZARDA TUTILGAN

Dam olish va bayram kunlarida ishga jalb qilish quyidagi vaziyatlarda qonunning buzilishi deb sanaladi: jamoa...

I VA II GURUH NOGIRONLIGI BO‘LGAN TALABALARGA TA’LIM

personmaftuna 17-08-24, 02:38
0 I VA II GURUH NOGIRONLIGI BO‘LGAN TALABALARGA TA’LIM IMTIYOZLARI

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joyiga...

TRANSPORTNI ROʻYХATDAN OʻTKAZGANLIK UCHUN TOʻLOV STAVKALARI

personmaftuna 05-05-24, 11:51
0 TRANSPORTNI ROʻYХATDAN OʻTKAZGANLIK UCHUN TOʻLOV STAVKALARI YANGILANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Roʻy х atdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi...

menu
menu