Kuzatuvchi » Siyosiy » “SANOAT IPOTEKASI” TIZIMI JORIY ETILADI

“SANOAT IPOTEKASI” TIZIMI JORIY ETILADI

 

“140 ta ilg'or sanoat korxonasi” dasturini amalga oshirish va “sanoat ipotekasi” tizimini joriy qilishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi Hukumat qarori (684-son, 26.12.2023-y.) qabul qilindi.

 

Qonunchilikka ko'ra, sanoat sohalarida “140 ta ilg'or sanoat korxonasi” dasturini amalga oshirish belgilangan.

Qaror bilan ushbu dastur doirasida tadbirkorlarga ochiq tanlov asosida taklif qilinadigan yirik sanoat loyihalari taqsimoti tasdiqlandi (quyida keltirilgan). 

 

🔘 Shunga ko'ra, yirik sanoat loyihalarini ochiq tanlov asosida tanlashning asosiy mezonlari belgilandi. Jumladan:

 

-loyiha doirasida kamida 100 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi;

 

-ishlab chiqariladigan mahsulotning ichki bozordagi import ulushi 50 foizdan yuqori bo'lishi;

 

-ishlab chiqarish texnologik asbob-uskunalari yangi (yangi avlodga mansub) bo'lishi kerak.

 

Dastur doirasida tanlov g'oliblarining loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklariga xorijiy valyutada yillik 4 foiz va milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada 10 yil muddatgacha, shundan 3 yilgacha imtiyozli davr bilan bir loyiha qiymatining 25 foizi miqdorida, biroq 10 million AQSH dollaridan ko'p bo'lmagan miqdorda kreditlar ajratiladi.

 

Bunda ushbu kreditlar bo'yicha tijorat banklarining marjasi xorijiy valyutada 2 foiz va milliy valyutada 4 foiz miqdorida belgilanadi.

 

Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-yanvardan “sanoat ipotekasi” tizimi joriy etiladi. Bunda:

 

🔸tadbirkorlarga yer uchastkalari (ishlab chiqarish maydonlari) qurilish uchun tegishli ruxsatnomalar va loyiha hujjatlari rasmiylashtirilgan holda, “tayyor biznes” shaklida auksion savdolariga chiqariladi;

 

🔸ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida bino va inshootlar xarid qilish uchun tijorat banklariga 7 yil muddatga, 2 yilgacha imtiyozli davr bilan milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada kreditlar ajratiladi. Bunda tijorat bankining marjasi 4 foiz miqdorida belgilanadi.

 

 

J.OTAJONOV,

Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

Boshqa maqolalar

INTELLEKTUAL MULK: ZARARLARNI QOPLASH OʻRNIGA –

personmaftuna 20-09-24, 07:17
0 INTELLEKTUAL MULK: ZARARLARNI QOPLASH OʻRNIGA – KOMPENSATSIYA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 10.09.2024-yildagi “Intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy himoya qilish...

INKLYUZIV TA’LIM VA TARBIYA HAQIDA BILASIZMI ?

personmaftuna 28-06-24, 16:57
0 INKLYUZIV TA’LIM VA TARBIYA HAQIDA BILASIZMI ?

O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonunining 3-moddasiga asosan bolalarning...

MAXSUS IQTISODIY ZONALAR FAOLIYATINI BOSHQARISH TIZIMI

personmaftuna 27-12-24, 16:12
0 MAXSUS IQTISODIY ZONALAR FAOLIYATINI BOSHQARISH TIZIMI YANADA SODDALASHTIRILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-1010-son, 05.12.2024 y.) bilan "Maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risida"gi...

menu
menu