Kuzatuvchi » Siyosiy » AKADEMIKLAR ISHTIROKIDA DARS O'TISH AMALIYOTI YO'LGA QO'YILADI

AKADEMIKLAR ISHTIROKIDA DARS O'TISH AMALIYOTI YO'LGA QO'YILADI

“Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog'ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-55-son, 01.04.2024 y.) qabul qilindi.

2024/2025 o'quv yilidan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o'tish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

Mazkur maktablarda:

-o'quvchilarning yaratuvchanlik ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan darslar tashkil etiladi;

-o'quvchilarga amaliy loyihalarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish masalalarida ko'mak ko'rsatiladi;

-o'quvchilar ishlab chiqarish jarayonlariga faol jalb etiladi hamda Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy laboratoriyalarda olib borilayotgan loyihalar bilan tanishtiriladi;

-o'quvchilarning innovasion g'oyalari va ishlanmalarini rivojlantirish maqsadida “Yosh akademiklar” klublari tashkil etiladi.

Har yili umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilari o'rtasida ta'lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o'zgarishi va qishloq xo'jaligi kabi yo'nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishni nazarda tutuvchi “Ixtirochilikka qadam” tanlovi o'tkaziladi.

 

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

Boshqa maqolalar

QISHLOQ XO'JALIGI EKINLARI HOSILINI SUG'URTALASHDA SUG'URTA

personmaftuna 23-07-24, 14:24
0 QISHLOQ XO'JALIGI EKINLARI HOSILINI SUG'URTALASHDA SUG'URTA MUKOFOTINING BIR QISMI UCHUN SUBSIDIYA AJRATISH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat Qarori (373-son, 02.07.2024-y.) bilan “Qishloq xo'jaligi subyektlariga qishloq xo'jaligi ekinlari hosilini...

DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI NIMA U ?

personmaftuna 28-06-24, 16:54
0 DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI NIMA U ?

O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonunining 3-moddasiga asosan davlat...

«OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ХIZMAT KOʻRSATGAN EKOLOG»

personmaftuna 19-05-25, 08:19
0 «OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ХIZMAT KOʻRSATGAN EKOLOG» FAХRIY UNVONI TA’SIS ETILDI

Prezident tomonidan 19.03.2025-yilda «Oʻzbekiston Respublikasida х izmat koʻrsatgan ekolog» fa х riy unvonini ta’sis...

menu
menu