KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISHDA TADBIRKORLAR BILAN O'ZARO MANFAATLI HAMKORLIK O'RNATILADI
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-923-son, 02.04.2024 y.) bilan Soliq kodeksiga qo'shimchalar kiritildi.
Unga ko'ra:
“Hamkorlik shartnomalari”ga asosan “20 ming tadbirkor –500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga (bundan Toshkent shahrida ro'yxatdan o'tgan tadbirkorlik subyektlari mustasno) ayrim soliqlarni hamda aylanmadan olinadigan soliqni ushbu tadbirkorlar yaratgan yangi ish o'rinlari soniga qarab quyidagi muddatlarda bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati beriladi:
-51 tadan 100 tagacha yangi ish o'rni yaratilganda – 3 oygacha;
-101 tadan 200 tagacha yangi ish o'rni yaratilganda – 6 oygacha;
-200 tadan ortiq yangi ish o'rni yaratilganda –12 oygacha.
Shuningdek, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini 2025 yil 1 yanvargacha quyidagi miqdorda pasaytirilgan soliq stavkalari bo'yicha to'laydi:
🔸51 tadan 100 tagacha yangi ish o'rni yaratilganda – belgilangan soliq stavkasining 50 foizi;
🔸101 dan 200 tagacha yangi ish o'rni yaratilganda – belgilangan soliq stavkasining 75 foizi;
🔸200 dan ortiq yangi ish o'rni yaratilganda – ushbu soliqlarni to'lashdan ozod etiladi.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
J.OTAJONOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
DEKRIMINALIZATSIYA: AYRIM YENGIL TAN JAROHATLARI UCHUN
personmaftuna 28-10-24, 16:14O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 07.10.2024-yildagi “Huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish...
АLIMENT TOʼLASH VA UNDIRISH TARTIBI QANDAY?
personmaftuna 29-09-25, 23:14Аlimentni ixtiyoriy toʼlash. Аliment toʼlashi shart boʼlgan shaxs alimentni ixtiyoriy ravishda shaxsan yoki oʼz...
"OQILA AYOL" HARAKATI FAOLLARINI PUL MUKOFOTLARI BILAN
personmaftuna 29-09-24, 22:22Vazirlar Mahkamasining 24.08.2024-yildagi “Mahallalarda хotin-qizlar faollari va “Oqila ayol” ayollar harakati...