JAMOAT TRANSPORTINI BOSHQARISHNING YAGONA INTELLEKTUAL TIZIMI JORIY ETILADI
“Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-139-son, 25.03.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, tashuvchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, yo'lkira haqi bo'yicha tushumlarni jamlash uchun joylardagi transport boshqarmalarida yuridik shaxs tashkil etmasdan ochilgan maxsus jamg'armalar Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari tizimiga o'tkaziladi.
Joylarda iqtisodiyot va moliya boshqarmalari huzurida davlat muassasasi shaklida “Maxsus jamg'armalar mablag'larini boshqarish, yo'nalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhlari” tashkil etiladi.
2024-yil 1-iyungacha:
- jamoat transportida yo'lkira haqini to'lashda elektron to'lov tizimidan foydalanishni rag'batlantiruvchi tariflar joriy etilishi ta'minlanadi;
- Toshkent shahrida muntazam avtobus yo'nalishlarida yo'lovchilar hisobini yuritish, haydovchilar ishini va pul tushumlarini nazorat qilish, avtobuslar texnik holatini monitoring qilish, ajratilgan yo'laklarda yo'l harakati qoidalari buzilishini qayd etish bo'yicha jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi.
J.OTAJONOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
ИҚТИСОДИЁТДА ХУСУСИЙ СЕКТОРНИНГ РОЛИ ЯНАДА ОШИРИЛАДИ
personmaftuna 24-08-25, 18:40“Иқтисодиётда рақобатни ривожлантириш ва хусусий секторнинг ролини янада ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент...
DAVLAT ISHTIROKIDAGI KORХONALARNI TASHKIL ETISHGA MORATORIY
personmaftuna 15-05-25, 11:34Prezident tomonidan 21.04.2025 - yildagi “ 2025 - yil uchun х ususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida ” gi PF-70 -son...
MAKTABGACHA TA’LIM AGENTLIGI TUGATILDI
personmaftuna 05-08-24, 18:46Prezident tomonidan 02.07.2024-yildagi “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini...
