MA'MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G'RISIDAGI ISH BO‘YICHA QAROR USTIDAN APELLYATSIYA SHIKOYATINI BERISH MUDDATI QISQARTIRILDI
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ–884-son, 25.12.2023-y.) bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartirishlar kiritildi.
Shunga ko'ra, ma'muriy ishlar bo'yicha sud qarorlarini qayta ko'rish bosqichlariga taftish instansiyasi kiritildi.
Tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada ko'rilgan ishlar viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rilgan ishlar Oliy sud Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atida taftish tartibida qayta ko'rilishi belgilandi.
Shuningdek, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartirildi.
Apellyatsiya barcha materiallar kelib tushgandan 15 sutkada apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko'rilishi lozim.
Ma'muriy qamoqqa olish yoki ma'muriy tartibda chiqarib yuborish to'g'risidagi qaror ustidan berilgan apellyatsiya 1 sutka ichida ko'riladi.
J.OTAJONOV,
Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
HUDUDLARDA “IT-SHAHARCHA”LAR TASHKIL ETILADI
personmaftuna 23-05-24, 19:19“Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o'rganish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishga...
AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARI VA IJTIMOIY
personmaftuna 18-08-24, 04:02Vazirlar Mahkamasining 06.08.2024-yildagi “Aholining ehtiyojmand qatlamlari uchun davlat tomonidan kafolatlangan...
IJTIMOIY SUG‘URTA BO‘YICHA NAFAQALARNI TAYINLASH UCHUN
personmaftuna 28-06-24, 23:55O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug’i Davlat ijtimoiy sug’urtasi...