Kuzatuvchi » Siyosiy » MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISIGA QO'SHIMCHA VAZIFALAR YUKLATILADI

MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISIGA QO'SHIMCHA VAZIFALAR YUKLATILADI

“Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmog'ini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-136-son, 20.03.2024 y.) qabul qilindi.

 

Qarorga ko'ra, mahalladagi yoshlar yetakchisiga quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklatiladi:

 

🔹mahalla yoshlarini ommaviy va professional futbolga qiziqtirish, shuningdek, bu borada turli targ'ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;

🔹mahallalarda mavjud bo'lgan futbol bo'yicha sport inshootlari hamda boshqa sport maydonchalaridan tizimli va samarali foydalanilishini tashkil etish;

🔹mahallada futbol bo'yicha erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari kesimidagi “mahalla terma jamoa”larini shakllantirish hamda ularni tayyorlashni tashkil etish;

🔹mahalla yoshlarining futbol bilan shug'ullanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligini tahlil qilib borish hamda futbolni rivojlantirish bo'yicha sport-ta'lim tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikni tizimli yo'lga qo'yish;

🔹mahallalardagi yosh iqtidorli futbolchilarni aniqlash hamda ularni professional futbol ta'lim muassasalariga yo'naltirib borish;

🔹mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, sport inventarlari bilan ta'minlash va mahalla terma jamoalariga qo'shimcha shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga takliflar kiritish.

 

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

Boshqa maqolalar

DAM OLISH KUNIDAGI ISH UCHUN DAM OLISH KUNINI QACHON OLISH

personmaftuna 29-09-24, 15:19
0 DAM OLISH KUNIDAGI ISH UCHUN DAM OLISH KUNINI QACHON OLISH MUMKIN?

Mehnat kodeksida dam olish kunidagi ish uchun boshqa kundan dam olish kuni sifatida foydalanish muddati boʻyicha...

ELEKTR ENERGIYASI VA TABIIY GAZ QURILMALARINI OʻRNATISH

personmaftuna 15-05-25, 12:13
0 ELEKTR ENERGIYASI VA TABIIY GAZ QURILMALARINI OʻRNATISH TARTIBI OʻZGARTIRILDI

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi...

МИЛЛИЙ ДАВЛАТЧИЛИГИМИЗНИНГ УЧ МИНГ ЙИЛДАН ЗИЁД ТАРИХИНИ АКС

personmaftuna 29-07-24, 23:46
0 МИЛЛИЙ ДАВЛАТЧИЛИГИМИЗНИНГ УЧ МИНГ ЙИЛДАН ЗИЁД ТАРИХИНИ АКС ЭТТИРУВЧИ ФИЛЬМЛАР ТУРКУМИ ИШЛАБ ЧИҚИЛАДИ

“Кинематография соҳасини янада ривожлантириш ҳамда мамлакатимиз тарихига бағишланган фильмлар туркумини яратишга доир...

menu
menu