Kuzatuvchi » Siyosiy » FUQAROLARNING IJTIMOIY HIMOYASI YANADA KUCHAYTIRILADI

FUQAROLARNING IJTIMOIY HIMOYASI YANADA KUCHAYTIRILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-922-son, 18.03.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

“Ijara to'g'risida”gi Qonunga ijarachining nogiron bo'lib qolganligi ijara shartnomasini tugatish uchun asos bo'lishini bekor qilishni nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritildi.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, pensionerga hisoblangan, lekin uning tomonidan talab qilib olinmagan pensiya summasini to'lash muddati 12 oydan 24 oygacha uzaytirildi.

Shuningdek fuqarolarga pensiya tayinlash uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilish huquqi berildi.

Bundan tashqari, Qonunda pensiyaning eng kam miqdori eng kam iste'mol xarajatlari darajasidan oz bo'lmasligini belgilash, pensiyalar miqdorlarini yil davomida tovarlar va xizmatlarning iste'mol narxlari indeksi darajasining o'sish sur'atlarini inobatga olgan holda oshirib borish tartibi aniqlashtirildi. 

Shu bilan birga “Fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonunga fuqaroda davlat pensiya ta'minoti huquqi yuzaga kelganligi to'g'risida Pensiya jamg'armasi tomonidan Xalq bankiga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan ma'lumotlar fuqaroning pensiya to'lovlarini olishi uchun asos bo'lishini nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritildi.

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

 

Boshqa maqolalar

FUQAROLARNING IJTIMOIY HIMOYASI YANADA KUCHAYTIRILDI

personmaftuna 04-05-24, 09:52
0 FUQAROLARNING IJTIMOIY HIMOYASI YANADA KUCHAYTIRILDI

Mamlakatimizda keksalarni va mehnatga layoqatsiz shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan...

CHIQINDILARNI BOSHQARISH VA SIRKULYAR IQTISODIYOTNI

personmaftuna 28-10-24, 15:56
0 CHIQINDILARNI BOSHQARISH VA SIRKULYAR IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI TASHKIL ETILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.09.2024-yildagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida...

MEHNAT MIGRANTLARIGA YORDAM KO'RSATUVCHI CALL-MARKAZ

personmaftuna 12-04-24, 01:29
0 MEHNAT MIGRANTLARIGA YORDAM KO'RSATUVCHI CALL-MARKAZ TASHKIL ETILADI

Farmonga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7222)2024-yil 1-iyundan hujjatlarni onlayn talab qilib olish...

menu
menu