Kuzatuvchi » Siyosiy » FUQAROLARNING IJTIMOIY HIMOYASI YANADA KUCHAYTIRILADI

FUQAROLARNING IJTIMOIY HIMOYASI YANADA KUCHAYTIRILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-922-son, 18.03.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ijara to‘g‘risida”gi Qonunga ijarachining nogiron bo‘lib qolganligi ijara shartnomasini tugatish uchun asos bo‘lishini bekor qilishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, pensionerga hisoblangan, lekin uning tomonidan talab qilib olinmagan pensiya summasini to‘lash muddati 12 oydan 24 oygacha uzaytirildi. 

Shuningdek fuqarolarga pensiya tayinlash uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilish huquqi berildi.

Bundan tashqari, Qonunda pensiyaning eng kam miqdori eng kam isteʼmol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligini belgilash, pensiyalar miqdorlarini yil davomida tovarlar va xizmatlarning isteʼmol narxlari indeksi darajasining o‘sish surʼatlarini inobatga olgan holda oshirib borish tartibi aniqlashtirildi. 

Shu bilan birga “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi Qonunga fuqaroda davlat pensiya taʼminoti huquqi yuzaga kelganligi to‘g‘risida Pensiya jamg‘armasi tomonidan Xalq bankiga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan maʼlumotlar fuqaroning pensiya to‘lovlarini olishi uchun asos bo‘lishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

 

Bahodir YUSUPOV, 

Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

KAM TA’MINLANGAN FUQAROLARNI ISH BILAN TA’MINLAGAN

personmaftuna 05-05-24, 10:53
0 KAM TA’MINLANGAN FUQAROLARNI ISH BILAN TA’MINLAGAN TADBIRKORLARGA QANDAY IMTIYOZLAR BERILADI?

2.04.2024-yildagi OʻRQ-923 son Qonuni bilan kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻzaro...

YOʻL HARAKATIGA ХALAQIT BERUVCHI NOQONUNIY TOʻSIQLAR

personmaftuna 15-05-25, 13:04
0 YOʻL HARAKATIGA ХALAQIT BERUVCHI NOQONUNIY TOʻSIQLAR OʻRNATGANLIK UCHUN – JARIMA

10.04.2025-yildagi OʻRQ-1055-son Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi....

IJARA SHARTNOMASINI BEKOR QILISH

personmaftuna 28-09-24, 17:15
0 IJARA SHARTNOMASINI BEKOR QILISH

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi. Uy-joyni ijaraga oluvchi o‘zi bilan...

menu
menu