Kuzatuvchi » Siyosiy » TAZYIQ O‘TKAZGAN VA ZO‘RAVONLIK SODIR ETGAN SHAXSLARNING REYESTRI YURITILADI

TAZYIQ O‘TKAZGAN VA ZO‘RAVONLIK SODIR ETGAN SHAXSLARNING REYESTRI YURITILADI

Qaror bilan, tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida, shoshilinch qabul bo‘limlarida tunu kun ishlaydigan birlamchi ko‘mak xonalari tashkil etiladi:

  • 2024-yil 1-iyundan Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida;
  • 2024-yil 1-oktyabrdan respublikaning qolgan barcha hududlarida.

Birlamchi ko‘mak xonalarida:

  • jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash uchun tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari 3 sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga joylashtiriladi;
  • shoshilinch birinchi yordam, shu jumladan ruhiy, psixoterapevtik yordam ko‘rsatiladi, shuningdek, yuqumli kasalliklar mavjudligi to‘g‘risida tahlillar o‘tkaziladi.

2024-yil 1-oktyabrdan himoya orderi berilgan har bir holatda tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturi “Inson” markazlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

2025-yil 1-yanvardan ichki ishlar organlari tomonidan tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning reyestri yuritiladi;

2024-yil 1-dekabrdan bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq va zo‘ravonlik holati bo‘yicha murojaat qilinganda ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi tashabbus tartibida beriladi.

 

 

Bahodir YUSUPOV, 

Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

XALQ TABOBATI YO'NALISHIDA RUXSAT ETILMAGAN USULLARDA

personmaftuna 27-12-24, 17:21
0 XALQ TABOBATI YO'NALISHIDA RUXSAT ETILMAGAN USULLARDA DAVOLASH XIZMATLARINI REKLAMA QILISH TAQIQLANDI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-991-son, 05.11.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va...

КРЕДИТ БИТИМИНИ ТУЗИШ ТАҚИҚЛАНГАН ШАХСЛАР РЕЕСТРИНИ ЮРИТИШ

personmaftuna 26-09-25, 18:13
0 КРЕДИТ БИТИМИНИ ТУЗИШ ТАҚИҚЛАНГАН ШАХСЛАР РЕЕСТРИНИ ЮРИТИШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

Ҳукумат қарори (522-сон, 20.08.2025 й.) билан “Жисмоний шахслар тўғрисидаги маълумотларни Кредит битимини тузиш...

MEHNAT NIZOLARI BO‘YICHA KOMISSIYA QARORINING IJRO ETILISHI

personmaftuna 15-05-24, 19:24
0 MEHNAT NIZOLARI BO‘YICHA KOMISSIYA QARORINING IJRO ETILISHI

Yakka mehnat nizolari — bu ish beruvchi va xodim o‘rtasida mehnat to‘g‘risidagi qonun va boshqa normativ hujjatlarni,...

menu
menu