Kuzatuvchi » Siyosiy » MAKTAB DIREKTORI LAVOZIMIGA NOMZODLARNI MENEJERLIK O‘QUV KURSLARIDA O‘QITISH TIZIMI JORIY QILINADI

MAKTAB DIREKTORI LAVOZIMIGA NOMZODLARNI MENEJERLIK O‘QUV KURSLARIDA O‘QITISH TIZIMI JORIY QILINADI

Hukumat qarori (681-son, 25.12.2023-y.) bilan Davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o'quv kurslarida o'qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-yanvardan A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o'rgatish milliy-tadqiqot institutida maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o'quv kurslarida o'qitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron berish tizimi joriy qilinadi. 

Nizomga muvofiq, maktablarga faoliyat yuritayotgan direktorlar har 5 yilda bir marotaba menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi. 

Bunda sertifikatga ega direktorlar uni olgandan 3 yil davomida malaka oshirish kurslaridan ozod etiladi.

Nomzodlar maxsus portal orqali elektron ro'yxatdan o'tadi hamda o'quv kursida o'qish uchun ariza topshiradi.

Arizalar har oyning 5-sanasigacha (iyul–avgust oylari bundan mustasno) qabul qilinadi.

O'quv kurslari 20-30 nafar tinglovchidan iborat akademik guruhlarda tashkil etiladi.

O'quv kurslarining davomiyligi 144 soatni tashkil etib, 1 oy davomida o'qitiladi. 

Nomzodlarning ixtiyoriy tanlovi asosida o'quv kurslari ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan (masofaviy, onlayn) holda tashkil etilishi mumkin.

O'quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan nomzodlar sertifikat berish bo'yicha yakuniy sinovlarga qo'yiladi.

Direktorlarning o'qish davrida ularning asosiy ish joyi bo'yicha lavozimi va amaldagi o'rtacha ish haqi miqdorlari saqlab qolinadi.

Mazkur tartib quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

-Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar;

-jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari;

-sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasalari;

-ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar;

-alohida sharoitlarda ta'minlash, tarbiyalash va ta'lim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar.

2024-yil 1-sentabrdan menejerlik sertifikatiga ega quyidagi rahbar xodimlarga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik qo'shimcha ustamalar to'lanadi:

-maktab direktorlariga – 50 foiz;

-maktab direktori o'rinbosarlariga – 30 foiz.

                                                                                                                                                                J.OTAJONOV,

Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

Boshqa maqolalar

FUQAROLARNING IJTIMOIY HIMOYASI YANADA KUCHAYTIRILADI

personmaftuna 27-05-24, 01:57
0 FUQAROLARNING IJTIMOIY HIMOYASI YANADA KUCHAYTIRILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-922-son, 18.03.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga o'zgartirish va...

TO'QIMACHILIK VA TIKUV-TRIKOTAJ YO'NALISHIDAGI

personmaftuna 25-06-24, 19:59
0 TO'QIMACHILIK VA TIKUV-TRIKOTAJ YO'NALISHIDAGI TADBIRKORLARDA SOLIQ TEKSHIRUVLARI O'TKAZILMAYDI

“To'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari...

SOLIQ ORGANLARINING HUQUQLARI

personmaftuna 19-03-24, 00:52
0 SOLIQ ORGANLARINING HUQUQLARI

Soliq organlari quyidagilarga haqli: soliq to‘lovchilardan va uchinchi shaxslardan soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab...

menu
menu