Kuzatuvchi » Siyosiy » HUDUDLARDA “IT-SHAHARCHA”LAR TASHKIL ETILADI

HUDUDLARDA “IT-SHAHARCHA”LAR TASHKIL ETILADI

“Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o'rganish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan “IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-178-son, 15.05.2024 y.) qabul qilindi.

 

Qarorga ko'ra, hududlarda yoshlarni raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarga o'qitishga yo'naltirilgan “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi.

 

Quyidagilar “IT-shaharcha”larning asosiy faoliyat yo'nalishlari etib belgilandi:

 

yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasiga yo'naltirish, ularning mazkur sohada bilim egallash bo'yicha intilishlarini rag'batlantirish;

 

seminarlar, mentorlik dasturlari va onlayn ta'lim resurslari orqali yoshlarda ularning mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishishiga yordam beruvchi raqamli texnologiyalar sohasidagi ko'nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish;

 

dasturlash va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda xizmatlar ko'rsatish yo'nalishlarida ta'lim berish, xorijiy tillar, shu jumladan ingliz tiliga o'qitish orqali yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish;

 

yosh avlodni zamonaviy kasblarga o'qitish, shuningdek, ularda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko'nikmalarini oshirish.

 

 

Bahodir YUSUPOV, 

Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

 

 

Boshqa maqolalar

ХОДИМЛАРГА ОРТИҚЧА ТЎЛАБ ЮБОРИЛГАН ИШ ҲАҚИ ҚАЙСИ ҲОЛАТЛАРДА

personmaftuna 29-03-24, 06:14
0 ХОДИМЛАРГА ОРТИҚЧА ТЎЛАБ ЮБОРИЛГАН ИШ ҲАҚИ ҚАЙСИ ҲОЛАТЛАРДА УНДИРИЛАДИ, ҚАЙСИ ҲОЛАТЛАРДА ЙЎҚ?

Амалдаги Меҳнат кодексининг 269-моддасига кўра ходимга ортиқча тўланган иш ҳақини агар бу меҳнат тўғрисидаги қонунчилик...

MEHNAT SHARTNOMASINING MUDDATI TUGASA, UNI QAYTA TUZISH

personmaftuna 21-09-24, 07:06
0 MEHNAT SHARTNOMASINING MUDDATI TUGASA, UNI QAYTA TUZISH KERAKMI?

Mehnat shartnomasi quyidagi muddatlarga tuzilishi mumkin: – nomuayyan muddatga; – uch yildan koʻp boʻlmagan muayyan...

СУБСИДИЯЛАР “SUBSIDYPLATFORM.MF.UZ” ТЎЛОВ ПЛАТФОРМАСИ

personmaftuna 14-12-24, 15:59
0 СУБСИДИЯЛАР “SUBSIDYPLATFORM.MF.UZ” ТЎЛОВ ПЛАТФОРМАСИ ОРҚАЛИ АЖРАТИЛАДИ

“Маҳалла еттилиги” тавсияси асосида камбағалликдан чиқариш дастурига киритилган ва уй-жой шароитини яхшилашга муҳтож...

menu
menu