“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA HUQUQIY VA PSIXOLOGIK YORDAM KO‘RSATISH
«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarga sayyor qabullar orqali quyidagilar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatiladi:
prokuratura organlari — huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatish, sudga murojaat qilish tartibini tushuntirish, sudga murojaat qilish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirishga ko‘maklashish;
ichki ishlar organlari — tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni ushbu tahdidlardan himoya qilish, takroriy zo‘ravonlik sodir etilishining oldini olish maqsadida profilaktik suhbatdan o‘tkazish va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsni tuzatish dasturidan o‘tish bo‘yicha vakolatli organga yuborish, himoya orderi talablarining ijrosini nazorat qilish hamda uning talablarini buzib zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan vakolati doirasida chora ko‘rish;
adliya organlari — huquqiy maslahatlar berish.
«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarga psixologik yordam
«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarga «Ayollar maslahat kengashi», Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, uning hududiy va tumanlararo namunali markazlari, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi huzuridagi «Xotin-qizlar huquqiy, psixologik maslahatxonasi», ta’lim muassasalarining, malakali psixologlari tomonidan psixologik maslahatlar berib boriladi.
Rafiqjon G‘ULOMOV,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
TEKIN OLINGAN MOL-MULK (XIZMATLAR)
personmaftuna 19-03-24, 00:56Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi tomonidan tekin olingan mol-mulk va...
ENERGIYA SAMARADORLIGI MILLIY AGENTLIGI TASHKIL ETILMOQDA
personmaftuna 19-05-25, 01:46Prezident tomonidan 27.03.2025-yildagi "Energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini...
“TELEKOMMUNIKASIYALAR TOʻGʻRISIDA”GI QONUN (OʻRQ-1015-SON,
personmaftuna 13-06-25, 01:17Qonun telekommunikasiyalar sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Oʻzbekistonda telekommunikasiyalar tarmoqlari...