Kuzatuvchi » Siyosiy » NIKOH, OILA VA FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI QAYD ETISH SOHASIDAGI HUJJATLAR TIZIMLASHTIRILADI

NIKOH, OILA VA FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI QAYD ETISH SOHASIDAGI HUJJATLAR TIZIMLASHTIRILADI

“Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to'g'risida”gi Hukumat qarori (550-son, 20.10.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi:

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari to'g'risidagi nizom;

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarining sonini belgilash tartibi to'g'risidagi nizom;

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari;

Tug'ilganlikni qayd etish bilan bog'liq kompleks davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti;

O'limni qayd qilish bilan bog'liq kompozit davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti.

Yangi gerbli guvohnomalar berganlik uchun (o'lim haqidagi gerbli guvohnomalar hamda yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni tarbiya muassasalariga joylashtirishda berilgan tug'ilganlik haqidagi gerbli guvohnomalar bundan mustasno) gerb yig'imi BHMning 15 foizi miqdorida undiriladi.

Shuningdek, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining arxiv ma'lumotlarini raqamlashtirish natijasida turli yillar davomida bir xil seriya va raqamli tug'ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, ushbu guvohnomalarni qayta rasmiylashtirganlik uchun gerb yig'imi undirilmaydi;

FHDYO organlari tegishli yozuvlar orqali quyidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi:

tug'ilganlik haqida;

nikoh tuzish haqida;

nikohdan ajralish haqida;

o'lim haqida.

Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar hisoblanadi, bir nusxada tuziladi va FHDYO organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi.

Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o'zgartirish, jinsni o'zgartirish kabi voqea va faktlar yuqorida sanab o'tilgan fuqarolik holatlari dalolatnomalarida ularga tegishli o'zgartirishlar kiritish orqali aks ettiriladi.

R.EGAMBERDIYEV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

QANDAY HOLLARDA XODIMNI ISHDAN CHETLASHTIRISH MUMKIN?

personmaftuna 01-05-24, 23:51
0 QANDAY HOLLARDA XODIMNI ISHDAN CHETLASHTIRISH MUMKIN?

MUHIM 5 SAVOLGA JAVOB Xodim ishdan chetlashtirilganida uning ish haqi saqlanmaydi, biroq qonunchilikda ayrim istisno...

FUQAROLIK PASPORTI YOKI SHAXSNI TASDIQLOVCHI

personmaftuna 12-12-24, 01:50
0 FUQAROLIK PASPORTI YOKI SHAXSNI TASDIQLOVCHI IDENTIFIKATSION ID KARTA BILAN CHET ELGA CHIQSA BO‘LADIMI?

O‘zbekiston Respublikasidan chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirish kerak. O‘zbekiston fuqarolari 2021-yilning...

SUBVENSIYA NIMA ?

personmaftuna 28-06-24, 17:18
0 SUBVENSIYA NIMA ?

O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 3-moddasiga ko’ra. Muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori...

menu
menu