Kuzatuvchi » Siyosiy » XORIJDAGI VATANDOSHLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY, MADANIY-GUMANITAR VA BOSHQA SOHALARDA QO‘LLAB-QUVVATLASHNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI

XORIJDAGI VATANDOSHLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY, MADANIY-GUMANITAR VA BOSHQA SOHALARDA QO‘LLAB-QUVVATLASHNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI

Bir qator davlatlarda xorijdagi vatandoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanadi.

O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2022-yil 20-iyundagi Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda “Konstitutsiyamizga davlat chet elda yashayotgan va ishlayotgan fuqarolarimiz hamda vatandoshlar bilan muntazam aloqalarni saqlab qolish va rivojlantirish haqida g‘amxo‘rlik qiladi, degan qoidani kiritish lozim” deb, davlatning yangi majburiyatini belgilashni taklif etdi.

Shundan kelib chiqib, yangilangan Konstitutsiyamizning 23-moddasida “Davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish hamda rivojlantirish to‘g‘risida xalqaro huquq normalariga muvofiq g‘amxo‘rlik qiladi ”, degan norma belgilandi.

Xorijda yashayotgan vatandosh deganda, O‘zbekiston hududidan tashqarida doimiy istiqomat qiladigan yoki taʼlim olish, mehnat qilish, oilaviy va boshqa sharoitlardan kelib chiqib vaqtinchalik chet elda yurgan O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek chet el fuqaroligini olgan, davlatimizga maʼnaviy va madaniy mansublikni his qilgan shaxslar va ularning avlodlari, etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbekistonlik sifatida anglagan hamda mamlakatimiz bilan har tomonlama aloqada bo‘lish xohishida bo‘lgan xorijda istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi.

Dunyodagi barcha o‘zbeklar o‘zaro madaniy aloqalarni saqlab qolish maqsadida chet ellarda taxminan 500 dan ortiq o‘zbek milliy-madaniy markazlari faoliyat yuritadi.

Ayrim xorijiy mamlakatlar konstitutsiyasida vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash to‘g‘risida norma mavjud. Xususan, Koreya Respublikasi, Gruziya, Serbiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarning asosiy qonunida belgilab o‘tilgan.

R.EGAMBERDIYEV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

БЮДЖЕТ ТАШКИЛОТЛАРИДА ИШЛАМАЙДИГАНЛАРГА ХАМ ҲОМИЛАДОРЛИК

personmaftuna 30-09-24, 07:32
0 БЮДЖЕТ ТАШКИЛОТЛАРИДА ИШЛАМАЙДИГАНЛАРГА ХАМ ҲОМИЛАДОРЛИК НАФАҚАСИ ТЎЛАБ БЕРИЛАДИ

Давлат ижтимоий суғуртаси бўйича ҳомиладорлик ва туғиш нафақасини тайинлаш ҳамда тўлаш тартиби тўғрисида Низомга кўра,...

KREDITNI UNDIRISH BO‘YICHA SUD QARORI CHIQARILGANDA FOIZ VA

personmaftuna 23-05-24, 19:03
0 KREDITNI UNDIRISH BO‘YICHA SUD QARORI CHIQARILGANDA FOIZ VA NEUSTOYKA HISOBLASH TO‘XTATILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-914-son, 27.02.2024 y.) ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirishlar va...

XALQ DEPUTATLARI KENGASHLARIGA BIR QATOR VAKOLATLAR BERILADI

personmaftuna 22-02-24, 07:24
0 XALQ DEPUTATLARI KENGASHLARIGA BIR QATOR VAKOLATLAR BERILADI

Prezident tomonidan 02.02.2024-yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish...

menu
menu