MAKTABGACHA TAʼLIM VA TARBIYANI RIVOJLANTIRISH UCHUN SHART-SHAROITLAR YARATISHINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI
Xalqimiz yoshlikda olingan bilimni toshga uyilgan naqshga qiyoslaydi. Zero, taʼlimning boshlang‘ich asosi bo‘lgan maktabgacha taʼlim inson kamolotida beqiyos ahamiyatga ega. Shu bois, so‘nggi yillarda ushbu taʼlim turi tubdan isloh etildi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bog‘cha tarbiyasi nafaqat bolaning o‘ziga, balki uning ota-onasiga ham, qolaversa, butun jamiyat hayotiga ham ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.
Yangilangan Konstitutsiyamizning 50-moddasida davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, degan muhim norma mustahkamlandi. Mazkur kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra davlatga quyidagi majburiyatlar yuklatildi:
birinchidan, davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Yaʼni, davlat tomonidan ushbu taʼlim tashkilotlarini rivojlantirish uchun iqtisodiy va tashkiliy, huquqiy ko‘mak ko‘rsatiladi. So‘nggi yillardagi davlatning qo‘llab-quvvatlovi natijasida bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 2016-yildagi 27,7 foizdan 71,8 foizga, maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 5211 tadan 29 mingdan ziyodga yetkazildi. 2022-yilda “Finance Inquirer” nashri bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga jalb qilish bo‘yicha eng yaxshi dinamikaga ega bo‘lgan dunyodagi eng peshqadam 10 ta davlatni eʼlon qildi. Unda O‘zbekiston jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi;
ikkinchidan, maktabgacha taʼlim va tarbiya ham davlat nazoratida bo‘lishi belgilandi. Yaʼni, maktabgacha taʼlim sohasida bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish, o‘quv jihozlari bilan taʼminlash, bolalarni sog‘lom oziq-ovqat, sifatli tibbiy parvarishlash xizmati va boshqa moddiy vositalar bilan taʼminlash ishlari doimiy nazoratga olinadi.
Maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirishga oid qoidalar Shveysariya, Litva kabi davlatlarning konstitutsiyalarida ham belgilab qo‘yilgan.
R.EGAMBERDIYEV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
INSON HUQUQLARI BO’YICHA OMBUDSMAN HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT
personmaftuna 22-03-25, 11:33O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxs bo‘lib, u davlat...
NIKOH, OILA VA FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI QAYD
personmaftuna 19-05-24, 20:41“Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish...
ФУҚАРОЛАРНИНГ ВИЖДОН ЭРКИНЛИГИ ҲУҚУҚИ КАФОЛАТЛАРИ ЯНАДА
personmaftuna 03-06-25, 12:34"Фуқароларнинг виждон эркинлиги ҳуқуқи кафолатларини янада мустаҳкамлаш ҳамда диний-маърифий соҳадаги ислоҳотларни янги...