BILASIZMI?
Sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi qarorlari ustidan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri sudga shikoyat qilish mumkin.
Prezident imzolagan Qonun (О‘RQ-910-son, 20.02.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartirishlar kiritildi.
Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan о‘zgartirishga kо‘ra, soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bо‘yicha qabul qilingan qarorlari ustidan tadbirkorlarning tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri sudga shikoyat qilishiga doir cheklovlar bekor qilindi hamda sudga shikoyat qilish imkoniyatlari kengaytirildi.
Shuningdek “Xо‘jalik shirkatlari tо‘g‘risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qо‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar tо‘g‘risida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish tо‘g‘risida”gi qonunlarga kiritilgan о‘zgartirishga kо‘ra, tadbirkorlik subyektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish tо‘g‘risida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va OAVlarda bu haqda e’lon berish talabi bekor qilindi.
R.EGAMBERDIYEV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
HAR YILI 50 TAGACHA OʻQUV-USLUBIY FILMLAR CHIQARILADI
personmaftuna 21-03-24, 18:55Vazirlar Mahkamasining 13.01.2024-yildagi 24-son qarori bilan Respublika davlat ta’lim muassasalarida dars oʻtish...
DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARINING FAOLIYATI
personmaftuna 28-06-24, 16:52O‘zbekiston Respublikasining “ Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida ”gi...
DORI VOSITALARINING KLINIK TADQIQOTLARIDA KIMLAR ISHTIROK
personmaftuna 09-02-24, 23:06Prezident tomonidan 22.11.2023-yildagi «Farmasevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston...