PREZIDENT TOMONIDAN IMZOLANGAN QONUN (О‘RQ-911-SON, 21.02.2024 Y.) BILAN AYRIM QONUN HUJJATLARGA О‘ZGARTIRISH VA QО‘SHIMCHALAR KIRITILDI
Qonun bilan Fuqarolik kodeksiga kiritilgan qо‘shimchaga kо‘ra, jismoniy shaxs pul majburiyatlari bо‘yicha kreditorlarning talablarini tо‘la hajmda qanoatlantirishga yoki soliqlar hamda yig‘imlar bо‘yicha о‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bо‘lmasa, sud tomonidan tо‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.
Soliq kodeksiga kiritilgan qо‘shimchaga kо‘ra, tо‘lovga qobiliyatsizlik tо‘g‘risidagi ish bо‘yicha sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv jarayonida yuzaga keladigan barcha turdagi joriy soliq tо‘lovlarini tо‘lash, sud ajrimi asosida joriy etilgan sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilining muddatida tо‘xtatib turiladi. (bundan mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar bо‘yicha olingan daromadlar solig‘i, shuningdek ijtimoiy soliq mustasno)
Bu holda sud sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining yoki tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlagan va tо‘lovga qobiliyatsizlik tо‘g‘risida ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqargan sanadan e’tiboran mazkur soliq qarzlari 6 oy ichida teng ulushlarda bо‘lib-bо‘lib tо‘lanadi.
Shuningdek, bankrot deb topilgan qarzdor yuridik va jismoniy shaxslarning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulkini sotishdan tushgan mablag‘larining qarzni tо‘lashga yо‘naltirilgan qismi daromad sifatida hisobga olinmasligi belgilandi.
“Davlat boji tо‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qо‘shimchaga kо‘ra, sud boshqaruvchisi tо‘lovga qobiliyatsizlik tо‘g‘risidagi ish jarayonida о‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirishi uchun da’vo arizalar hamda boshqa arizalar bilan davlat bojini tо‘lamasdan sudga murojaat qilishi mumkin bо‘ldi.
R.EGAMBERDIYEV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
“ЎЗБЕКИСТОН – ТУРКМАНИСТОН” ЭРКИН САВДО ЗОНАСИ ТАШКИЛ
personmaftuna 09-03-24, 01:03“Ўзбекистон – Туркманистон” эркин савдо зонасини ташкил этиш тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ-90-сон, 28.02.2024 й.)...
TAQSIMLASH ELEKTR TARMOQLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI
personmaftuna 20-02-25, 11:46O ‘ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.10.2024-yildagi VMQ-652-sonli qarori bilan 2025-yil yanvardan...
“DEKRET” “DEKRETGA” ULANSA HAM PUL TO'LANADIMI?
personmaftuna 24-04-24, 01:17Hozirda xodim bir farzandli bo‘lib dikretga chiqsa yana ikkinchi farzandi ulansa, ishlamay turib dikretga chiqsa dikret...