Kuzatuvchi » Siyosiy » BILASIZMI?

BILASIZMI?

“О‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2024-yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.

“О‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qо‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tо‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-37-son, 21.02.2024 y.) qabul qilindi.

Farmon bilan, keng jamoatchilik bilan muhokamalarda bildirilgan takliflar asosida ishlab chiqilgan “О‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qо‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida quyidagilar tasdiqlandi:

2024-yilga mо‘ljallangan yо‘nalishlar kesimidagi amaliy tadbirlar rejasi;

2024-yilda yо‘nalishlar kesimida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari rо‘yxati.

Amaliy tadbirlar rejasi quyidagi 5ta yо‘nalish va jami 100 ta maqsaddan iborat:

Har bir insonga о‘z salohiyatini rо‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish;

Barqaror iqtisodiy о‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;

Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;

Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;

“Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.

R.EGAMBERDIYEV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI DEPUTATLARINING

personmaftuna 29-09-25, 23:18
0 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI DEPUTATLARINING SAYLOVINI O‘TKAZILISH TARTIBI

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga...

НОДАВЛАТ НОТИЖОРАТ ТАШКИЛОТЛАРИНИНГ САМАРАЛИ ФАОЛИЯТ

personmaftuna 26-09-25, 18:43
0 НОДАВЛАТ НОТИЖОРАТ ТАШКИЛОТЛАРИНИНГ САМАРАЛИ ФАОЛИЯТ ЮРИТИШИ УЧУН ШАРТ-ШАРОИТЛАР ЯРАТИЛАДИ

Қонун (ЎРҚ–1083-сон, 21.08.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига қўшимча ва ўзгартиришлар киритилди. Қонун...

ЎҚИТУВЧИЛАРНИ БОЛАЛАРНИ РЎЙХАТГА ОЛИШГА ЖАЛБ ҚИЛИШ МУМКИНМИ?

personmaftuna 27-03-24, 00:30
0 ЎҚИТУВЧИЛАРНИ БОЛАЛАРНИ РЎЙХАТГА ОЛИШГА ЖАЛБ ҚИЛИШ МУМКИНМИ?

Бу масалада бир неча маротаба постлар қўйилган эди. Мактабга бириктирилган микроҳудудларга ўқитувчиларни бириктириш...

menu
menu