XIZMAT TEKSHIRUVI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ?
Xizmat tekshiruvi xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi faktini, uning sodir etilishida xodimning aybini, xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni, ish beruvchiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan moddiy zararning xususiyati va miqdorini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan tekshirishdir.
Xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun ommaviy axborot vositalarining xabarlari, xodimning bevosita rahbarining bildirgisi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilgan deb taxmin qilish uchun asos beradigan boshqa ma’lumotlar asos bo‘ladi.
Ish beruvchi xizmat tekshiruvi o‘tkazish haqida qaror qabul qilishga haqli. Xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror tegishli buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
R.EGAMBERDIYEV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHISIGA BERILADIGAN 27 KALENDAR
personmaftuna 27-05-24, 02:07Ha, mumkin. Buni quyidagicha asoslaymiz. “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi 54-moddasiga ko’ra, davlat fuqarolik...
MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI FAOLIYATI
personmaftuna 10-12-24, 11:33O‘zbekiston Resbublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 17-oktabrdagi 976-sonli Qonun imzolandi va bu Qonun bilan ayrim...
АВТОМОТОТРАНСПОРТЛАР УЧУН ДАВЛАТ РАҚАМИ БЕРИШ ТАРТИБИ
personmaftuna 26-09-25, 18:49“Автомототранспорт воситалари учун рўйхатдан ўтказиш давлат рақами белгиларини бериш тартибини соддалаштириш...