QURILISHI TUGALLANGAN OBYEKTLARNI FOYDALANISHGA QABUL QILISH JARAYONI RAQAMLASHTIRILADI
“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qo'shimcha choralari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-165-son, 29.04.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligining markaziy apparati tuzilmasida, O'zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari hamda byudjet tizimi byudjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarga muvofiq qiymati 10 milliard so'mdan yuqori bo'lgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo'yicha tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarini ko'rib chiqish vakolatiga ega loyiha ofisi tashkil etiladi.
Shuningdek, quyidagi tartiblar o'rnatiladi:
-2025-yil 1-yanvardan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va obyektlarni foydalanishga qabul qilishda qurilish xarajatlarni baholashning “hajm” uslubiga (hajm va sifat ko'rsatkichlarini hisobga olishga) o'tiladi;
-2024-yil 1-iyuldan obyektlarning smeta qiymati “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi ma'lumotlari asosida shakllantiriladi;
-2024-yil 1-oktabrdan qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilgan holda, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasi orqali rasmiylashtiriladi.
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
HUKMLARNING DUBLIKATLARI VA KOʻCHIRMA NUSХALARI UCHUN BOJ
personmaftuna 29-09-24, 22:34Prezident tomonidan 14.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hokimiyatining...
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИГА МЎЛЖАЛЛАНГАН ЕРЛАР ОНЛАЙН АУКЦИОН ОРҚАЛИ
personmaftuna 08-02-24, 12:30Президентнинг 18.01.2024 йил куни ПФ-15-сон “Қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ер участкаларини ижарага бериш тартибини...
PEDAGOG XODIMLARNI QAYTA TAYYORLASHNING MAQSAD VA VAZIFALARI
personmaftuna 26-09-24, 02:07O‘quv-tarbiya jarayonini malakaviy talablarga muvofiq yuqori ilmiy-metodik darajada ta’minlash, ilg‘or pedagogik va...