Kuzatuvchi » Siyosiy » UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA “SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ” TADBIRLARINI OʻTKAZISHGA DOIR ZARUR TAVSIYALAR

UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA “SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ” TADBIRLARINI OʻTKAZISHGA DOIR ZARUR TAVSIYALAR

 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

 Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari:

 joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi; 

 maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi;

 mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi; 

 faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi;

 yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi;

 maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi. 

2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi: 

 turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish;

 bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

 

 oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi.

 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi.

 

           Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

“ПЕДАГОГНИНГ МАҚОМИ ТЎҒРИСИДА” ГИ ЎРҚ-901-СОН ҚОНУН

personmaftuna 08-02-24, 12:26
0 “ПЕДАГОГНИНГ МАҚОМИ ТЎҒРИСИДА” ГИ ЎРҚ-901-СОН ҚОНУН ПРЕЗИДЕНТ ТОМОНИДАН ИМЗОЛАНДИ

Қонунга кўра, педагогларнинг давлат ҳуқуқий ҳимоясига доир бир-қанча қатъи нормалар белгиланди. Хусусан, қонун билан...

TAZYIQ O‘TKAZGAN VA ZO‘RAVONLIK SODIR ETGAN SHAXSLARNING

personmaftuna 25-06-24, 22:36
0 TAZYIQ O‘TKAZGAN VA ZO‘RAVONLIK SODIR ETGAN SHAXSLARNING REYESTRI YURITILADI

Tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat ko'rsatish tizimini yo'lga qo'yish...

HARBIY ХIZMATNI OʻTASH BILAN BOGʻLIQ CHEKLOVLAR YANGILANDI

personmaftuna 24-08-25, 18:21
0 HARBIY ХIZMATNI OʻTASH BILAN BOGʻLIQ CHEKLOVLAR YANGILANDI

Prezident tomonidan 23.01.2025-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va...

menu
menu