Kuzatuvchi » Mualliflik maqolalari » XIVADA AN’ANAVIY “QOVUN SAYLI”

XIVADA AN’ANAVIY “QOVUN SAYLI”

Xorazm azaldan eng sara, shirin-shakar qovunlar maskani hisoblanadi. Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar jarayonida voha zaminidan topilgan milodning III asriga oid madaniy qovun urug‘lari qoldiqlari ajdodlarimizning qadim zamonlardan beri polizchilik bilan shug‘ullanib kelganliklaridan, bu yerda uning 400 dan ziyod navlari yetishtirilganligidan dalolat beradi. 

             Polizkor qadimdan e’zozli kasb egasi hisoblanib unga yuksak ehtirom ko‘rsatib kelingan. Ular tomonidan yetishtirilgan tilimi tilni yorar qovunlar qo‘rg‘oshindan yasalib, muz bilan o‘ralgan maxsus idishlarda Buyuk ipak yo‘li orqali dunyoning qator mamlakatlariga yetkazilgan. Ayniqsa, bir kilichi (tilimi)ni og‘zingizga solsangiz erib ketadigan gurvak qovunlarini aytmaysizmi?! Oq gurvak, ko‘k gurvak, ola gurvak, shoyigulli gurvak kabi ko‘plab navlari ne’matlari dasturxonlarimizdan keng o‘rin olayotganligi nur ustiga a’lo nur bo’lmoqda.

             Afsuski, keyingi yillarda shifobaxsh ne’mat sanalgan qovunning turlari xususan, mahalliy navlari kamayib boryapti. O‘zbekiston sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Gurlandagi ilmiy-tajriba stansiyasida qovunning yo‘qolish darajasiga borib qolgan turlarini qayta tiklashga qarata izchillik bilan faoliyat olib borilmoqda. Ammo bu harakatlar kamday ko‘rinadi, chamamizda. 

             Joriy yilning 12-13 avgust kunlari Xiva shahrida an’anaviy “Qovun sayli” festivali tashkil etildi. Uning doirasida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkasi, milliy taomlar ko‘rgazmasi, rang-barang konsert dasturlari namoyish qilindi. 

             Tadbir ishtirokchilari viloyatimizda qovunchilikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarni kuchaytirish, ushbu ne’mat ekiladigan maydonlarni ko‘paytirish taklifini bildirdilar. Negaki, bugun bozorlarimizda ming dardga davo bo‘ladigan qovunning narxi haddan tashqari baland. O‘rtacha kattalikdagi bir dona gurvakning bahosi esa o‘ttiz mingdan yuqorida. Qadimiy Xorazmda qovunni kilogrammlab sotish sal bachkanaroq. Ming shukur, vohamizda yer zahirasi yetarli. Sug‘oriladigan maydonlar ko‘p. Shunday ekan, fermer xo‘jaliklari bilan qovun yetishtirish bo‘yicha shartnoma tuzish foydadan xoli emas. Agar ularning har biri bir gektardan qovun ekishsa bozorlarimizda narx-navo pasaygan bo‘lardi. Aminmizki, polizchilik fermerlarimizga paxta yoki bug‘doydan kam daromad bermaydi.

             Bu yilgi qovun sayli oldingilaridan ancha farq qildi. Unda mamlakatimizning boshqa hududlaridan ham polizkorlar o‘zlari yetishtirgan mahsulotlar bilan ishtirok etdilar. 

             Festivalda chet ellik mehmonlar, xorijiy sayyohlar ham qatnashib o‘zbek jumladan, Xorazm qovunlaridan ta’tib ko‘rdilar. Shirindan shakar ne’matlarimizga yuqori baho berdilar. Yurtimizga havas ko‘zi bilan boqdilar. 

             “Qovun sayli” tantanalarida viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Azizbek Voitov, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov  ishtirok etdilar va so‘zga chiqdilar .

             Festival yakunida dong‘i dunyoga ketgan, mazasi og‘izda qoladigan qovunlarimizdan xalqimizni bahramand qilish, shu boradagi ibratli boshlamalar, tajribalarni targ‘ib etish maqsadida shirin qovunlarning, bog‘u rog‘larda yetishtirilgan turfa rang mevalarning tanlovi o‘tkazildi. Tanlov, ko‘rgazmalar g‘oliblariga diplomlar, qimmatbaho sovg‘alar, sovrinlar tantanali ravishda topshirildi.

             13-avgust – yakshanba oqshomida Xivaga tun oralagan paytda ham “Qovun sayli” tadbirlari davom etar, ko‘kda yulduzlar chamani porlay boshlagan bo‘lsada, hech kimning saylgohni –bayramona ruhni tark etgisi kelmasdi. Betakror qo‘shiq, yallalar qalblarga bir olam quvonch, shodlik bag‘ishlardi.

Maftuna SOTIMOVA,

Urganch davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti II  bosqich talabasi.  

Boshqa maqolalar

“АДЛИЯДА БАҲОР” УРГАНЧ ТУМАНИ АДЛИЯ БЎЛИМИДА АНА ШУНДАЙ

personmaftuna 21-03-24, 23:47
0 “АДЛИЯДА БАҲОР”  УРГАНЧ ТУМАНИ АДЛИЯ БЎЛИМИДА АНА ШУНДАЙ ДЕБ НОМЛАНГАН “ОЧИҚ ЭШИКЛАР КУНИ” ЎТКАЗИЛДИ

Ўлкамизга фасллар келинчаги дея таърифланадиган, улуғланадиган баҳор кириб келди. Баҳор – уйғониш, яшариш-яшнатиш...

ТЕНГҚУРЛАРИНИ ҲАЙРАТЛАНТИРИБ

personmaftuna 30-10-24, 13:48
0 ТЕНГҚУРЛАРИНИ ҲАЙРАТЛАНТИРИБ

Фарзанднинг баркамол, келажакда малакали илм ёки ҳунар эгаси бўлиб етишишида оила муҳити етакчи роль ўйнайди. Шу...

ДИЁРБЕКНИНГ ДОВРУҒИ

personmaftuna 30-10-24, 13:46
0 ДИЁРБЕКНИНГ ДОВРУҒИ

Истиқлол шарофати билан бугун юртимиз тараққиётнинг юксак босқичига кўтарилди. Она Ўзбекистон бутун бўй-басти билан...

menu
menu