CHET EL FUQAROSI YOKI FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXS BO‘LIB, BOSHQA DAVLAT HUDUDIDA DOIMIY YASHAYOTGAN BOLANI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARI TOMONIDAN FARZANDLIKKA OLISH TARTIBI
Tug`ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga farzandlikka olish haqida o‘zgartirishlar kiritish sudning hal qiluv qarori asosida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida, farzandlikka olingan bolaning tug‘ilgan joyi o‘zgartirilganda esa — hal qiluv qarorida ko‘rsatilgan joydagi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida, hal qiluv qarorida ko‘rsatilmagan bo‘lsa, farzandlikka oluvchilarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi. Oila kodeksining 1611-moddasiga binoan, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olish mazkur bola doimiy yashayotgan davlatning qonunchilikda belgilangan tartibda, farzandlikka olinayotgan bola yetim va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yaqin qarindoshi bo‘lgan yoki o‘z vatanida turli sabablarga ko‘ra farzandlikka olinishi mumkin bo‘lmagan hollarda amalga oshiriladi.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olishda farzandlikka olinayotgan bolaning O‘zbekiston Respublikasiga kirishi va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashi uchun O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining ruxsatnomasi talab qilinadi.
X.MADAMINOVA,
Yangibozor tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi mudirasi.
Boshqa maqolalar
ISTAK
personmaftuna 25-12-24, 01:38Berarmiding qaytmoqqa imkon, Degan savol qiynay boshladi. Qaytib kelarmisan men tomon, Yurak seni so‘ray boshladi....
KITOB MUTOLAASI UNING FOYDASI QANDAY?
personKuzatuvchi 09-12-23, 21:57Kitob nafaqat bilimlar manbai balki, tarbiya quroli hisoblanadi. U bilan hayotimiz mazmunli va rang-barang,...
XORAZM MATBUOT, MATBAACHILIK, NOSHIRLIK: TARIXI VA BUGUNI
personmaftuna 24-04-25, 18:01Xorazmda “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. Navbatdagi yana bir tadbir yaqinda “Ogahiy”...