Kuzatuvchi.uz / “KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI” MAVZUSIDA SEMINAR TASHKIL ETILDI

“KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI” MAVZUSIDA SEMINAR TASHKIL ETILDI

         Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi va mas’ul idora va tashkilotlar hamkorligida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida seminar o‘tkazildi.

           Tadbirda so‘zga chiqqan AOKA viloyat boshqarmasi boshlig‘i D.Bekchanova OAV vakillari, blogerlar va jurnalistlarga xizmat vazifalarini bajarish vaqtida hamisha ogohlikka va aholi o‘rtasida muomala madaniyatini yaxshilab borishga, qolaversa, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik asosiy maqsadlardan biri ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.

            Davra suhbati ochiq muloqot tarzida o‘tib, ishtirokchilarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
5-04-2025, 02:20
Saytga qaytish