TOVARNING KELIB CHIQISHI SERTIFIKATINI KIM BERADI?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.05.2024-yildagi “Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 311-son qarori qabul qilindi.
Hujjatga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:
Jahon savdo tashkilotining Kelib chiqish qoidalari bitimida nazarda tutilgan umumiy qoidalarni milliy qonunchilikka kiritish;
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan, ichki bozorda sotilayotgan tovarlar uchun ST-UZ sertifikatini olish mumkin. Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (13.12.2019-yildagi VMning 994-son qaroriga ilova, keyingi oʻrinlarda - Nizom) CT-UZ sertifikat olish uchun ariza berish tartibini belgilaydigan 7-ilova bilan toʻldirildi;
tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikati QR-kod orqali elektron shaklda beriladi. Nizom yangi tahririning 39-bandiga koʻra, sertifikat ayrim хorijiy davlatlar uchun QR-kod qoʻyish orqali elektron shaklda rasmiylashtirilishi mumkin. Bundan tashqari, 44-band QR-kod qoʻyilgan elektron sertifikat berilganda, dublikat olish talab etilmasligi toʻgʻrisidagi band bilan toʻldirildi.
Bundan tashqari, tovarning kelib chiqishi sertifikatini beruvchi vakolatli organ belgilangan. Ushbu organ -«Oʻzbekekspertiza» AJ. Tegishli oʻzgartirish Nizomning 2-bandiga kiritilgan.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.